Lev Leonidovich Dengov
Lev Leonidovich Dengov (rus tilida: Lev Leonidovich Dengov, belarus tilida: Lev Leanіdavich Dzyangov sifatida romanizatsiyalashtirilgan hisoblanadi; 1984-yil 6-iyun) – rus-belarus millatiga mansub tadbirkor va biznesmen/ Rossiya-Liviya Savdo uyining boshqaruv raisi ham hisoblanadi[1][2][3][4].
Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining koʻrsatmalariga koʻra, Lev Leonidovich Liviyadagi Rossiya va Belarus fuqarolarini ozod qilishda faol ishtirok etgan[5][6]. U shuningdek, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda Rossiya-Liviya oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlariga asos solgan va ushbu munosabatlarning rivojlanishiga oʻz xissasini qoʻshgan shaxs hisoblanadi[7]. Inqilob sodir boʻlayotgan vaqtda va Liviyadagi fuqarolar urushi davrida u Liviyadagi yangi hokimiyat bilan oʻzaro aloqalarini saqlab qolish uchun mamlakatga bir necha bor tashriflarni amalga oshirgan[8][9][10][11].
Bibliografiyasi
tahrirYoshlik yillari va taʼlimi
tahrirLev Leonidovich oʻsha davrdagi Sovet Ittifoqiga tegishli boʻlgan Belarus SSRda joylashgan Minsk shahrida tugʻilgan va bolalik davrini mazkur shaharda joylashgan Kraisk qishlogʻida oʻtkazib, 1999-yilgacha shu yerdagi qishloq maktabida oʻqidi. Uning otasi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan, onasi esa maktabda tasviriy sanʼat oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. U oʻrta maktabni gimnaziyada oʻqigan va shu bilan birga Minsk shahridagi 73-maktabdagi nemis tili boʻyicha oʻquv kursini ham tugatdi. U RSAIP universitetining huquqshunoslik yoʻnalishini tamomlagan. Shu bilan birga, u Johannes Gutenberg universitetida iqtisod yoʻnalishi boʻyicha ham oʻqigan.
Biznes faoliyati
tahrir2008-2011 yillar mobaynida u qurilish va dizayn faoliyatiga bilan shugʻullanadigan Liviya-Belarusiya qoʻshma korxonasi hisoblangan „Almamar-Almetali“ korxonasining asoschisi boʻlgan[12].
2011-2015 yillar davomida esa Lev Leodinovich qurilish mahsulotlarini yetkazib beruvchi „BUROMTECH“ LTD kompaniyasining asoschisi hisoblangan va mazkur kompaniya investitsiya-qurilish loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarini, yaʼni: dizayn, qurilish, obyektlarni ekspluatatsiya qilishni qamrab olgan.
2017-yildan boshlab Rossiya-Liviya Savdo uyi kengashining raisi sifatida faoliyat yuritadi.
Siyosiy Faoliyati
tahrir2015-yilning mart oyida Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili M. L. Bogdanov va Rossiya Federatsiyasining Federal Assambleyasi Davlat dumasi deputatlari A. S. Delimxanov tashabbusi bilan Rossiya Federasiyasining Federal Assambleyasi kontakt guruhi tashkil etildi[13]. Levning asosiy maqsadi Liviyaning hududidagi ijtimoiy-siyosiy guruhlar bilan muloqotlar olib borish, mamlakatdagi muammoli vaziyatni tahlil qilish va Liviyadagi inqirozlarga yechimlar yechish boʻlgan va keyinchalik Lev Dengov ushbu masala boʻyicha mazkur kontakt guruhining rahbari etib tayinlandi[14].
Kontaktni tashkil etish uchun Liviya davlatining Milliy armiyasi rahbari Xalifa Haftarning Rossiya hokimiyatiga murojaat qilishi shart boʻlgan va bu holatda Lev Dengovning asosiy vazifasi Liviyadagi nizodalar yuzasidan barcha tomonlarning vakillari oʻrtasida muloqot oʻrnatish edi.
Guruh faoliyatining eng muhim vazifalaridan biri Liviyada hibsga olingan Rossiya va Belarus fuqarolarini ozod qilish hisoblangan. 2015-yilda Liviyadagi Xalifa Xaftar guruhining Grozniyga dastlabgi tashrifi tashkil etildi[15]. 2016-yil oktyabr oyida Rossiya tashqi ishlar vazirining koʻrsatmasi bilan Dengov Tripoliga Rossiya Federatsiyasi hukumatining maxsus vakili sifatida hokimiyatga yangi kelgan Milliy kelishuv hukumatining vakillari bilan birinchi rasmiy muzokaralar oʻtkazish uchun yuborildi va ushbu davr mobaynida Rossiya Federatsiyasi va Liviya davlatlari oʻrtasidagi birinchi aloqalar oʻrnatilgan va mazkur ikki davlatning asosiy vazifalari Liviyadagi qolgan fuqarolarni ozod qilish boʻlgan. Dengov 3-oktabr sanasidan boshlab Liviya Prezidentlik kengashining raisi Fayiz Sarraj, Oliy Davlat kengashi raisi Abdurahmon Sevehli, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Musa al-Koni hamda tergov qoʻmitasining rahbari, bosh prokuratura, As-Sodiq As-Sur va hukumat aʼzolari bilan muzokaralar olib bordi. Mazkur muzokaralar natijasida shu oyning oʻzida „Mexanik Chebotarev“ tankerida qoʻlga olingan qolgan fuqarolarni ortga qaytarish va „Temeteron“ tankidagi rossiyalik dengizchilar bilan uchrashishdi.
2016-yil dekabr oyida ushbu kontakt guruhi hamkorligida parlamentlararo munosabatlar qaytadan yangilandi vaTobrukda uchrashuv boʻlib oʻtib, uchrashuvda Liviyaning Parlament vakillar palatasi saylangan Agila Saleh va Rossiya Federatsiyasining Tashqi ishlar vazirligi, Rossiya Federatsiyasining Davlat dumasi raisi hisoblangan V. V. Volodin, Tashqi ishlar qoʻmitasining raisi L. V. Slutskiy, va deputat A. S. Delimxanov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 2017- yil sentyabr oyida Milliy kelishuv hukumatining vitse-premer vaziri Ahmed Maiteeqning Rossiyaga tashrifi boʻyicha tadbirlar oʻtkazib, unda Dengov hamda aloqa guruhi rahbariyati ham ishtirok etishdi. Ushbu tadbirlar davomida Levning Grozniyga tashrifi sayohat bilan boshlandi va Moskvada davom etdi. Muzokaralar davomida asirdagi qolib ketgan rus kemachilarini ozod qilish mavzusida ham keng muhokamalar olib borildi. Uchrashuv natijalariga koʻra, Milliy hukumatining vakillari ish tashkil etish va Rossiya-Liviya munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha kursni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Tashrif doirasida Ahmed Maiteeq Valdai munozara klubining oʻzida matbuot anjumani oʻtkazdi. 2017-yil 14-sentabr kuni Moskvada Liviya armiyasi brigadasining generali hisoblangan Ahmed Al-Mismari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi va mazkur uchrashuv davomida Rossiya bilan barcha nizolardagi tomonlar oʻrtasida aloqalarni saqlash lozimligiga eʼtibor qaratildi. Xuddi shu yilning oktabr oyida Transport vazirining oʻrinbosari Xisham Abdulla Abu Shkevat boshchiligidagi guruh Liviya davlatiga tashrif buyurdi va tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Sanoat va savdo vazirligi rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Shuningdek, uchrashuv natijasida Rossiya-Liviya iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yoʻl xaritasini imzoladi. Ushbu tashrifni tashkil etishda Rossiya-Liviya savdo uyi kontakt guruhi muhim roʻl oʻynadi.
2017-yil 23-sentabrda Dengov Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tomonidan Tripolida muzokaralar oʻtkazish vakolatini qoʻlga kiritgan. U xuddi shu yilning 24-sentabr kuni Liviyaga yetib keldi va ikki oy muddat ichida Liviyaning Bosh vaziri Gamez Sarraj, Liviyaning vitse-premer vaziri Ahmed Maiteeq, Liviya mudofaa vaziri El Mahdi Al Barghathi, Adliya vaziri Mohamed Abdulwahid Abdulhamid va Bosh vazir Xashim Beshirning xavfsizlik rahbari, Tergov qoʻmitasi vakili Rashid Al-Rugbani, Liviyani bosh prokurori, jamoat advokati hisoblangan Mohamed Abdulwahab, shuningdek, Janubiy Liviyaning qabilalari (Tubu, Tuareg, Sulaymanning oʻgʻillari hisoblangan Warfalla va Qaddaf) hamda Ubari, Ghat, Sabha, Gdamez shaharlarining rahbariyati vakillari bilan uchrashdi. Liviya va Rossiya oʻrtasidagi nizolar tugaganidan soʻng davlatining rivojlanish strategiyasi va istiqbollari, rus mahbuslarining taqdirlari, shuningdek, Tunis mojarosi jarayonining borishi va natijalari muhokama qilindi. Lev Dengov 2017-yil 1-3 dekabr kunlari oʻtkazilgan „Oʻrtayer dengizi dialoglari konferensiyasi“ da ham faol ishtirok etdi.
2018-yilda Lev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida „Liviyaning xalqaro iqtisodiyotga qayta integratsiyasi: hamkorlik imkoniyatlari“ deya nomlangan panel sessiyasini tashkil etdi[16]. Unda Oʻrta Sharq va Afrika uchun Prezidentning maxsus vakili va Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mikhail Bogdanov hamda Liviya tashqi ishlar vaziri hisoblangan Taher Siyala ishtirok etdi[17].
Liviyadagi Rossiya va Belarus fuqarolarining ozod etilishi jarayoni
tahrir2015-yil sentyabr oyida Lev Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili, Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari M. L. Bogdanov nomidan neft kontrabandasi bilan ayblangan „Mexanik Chebotarev“ kemasida Liviyaning sohillarida hibsga olingan rus kemachilarini ozod qilish jarayonini tashkil etildi.
Yangi tashkil etilgan Liviya Milliy Kongressining Bosh vaziri hisoblangan Khalifa Al-Gʻawil bilan tashkil etilgan muzokaralar natijasiga koʻra hibsga olingan „Mihayl Chebotarev“ tankerining ikki nafar fuqarosi va ekipajning aʼzolari Rossiyaga qaytarildi[18].
Shuningdek, 2016-yilning mart oyida Fayez Sarraj boshchiligidagi BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Milliy kelishuv hukumatining shakllanishi natijasida hibsga olingan va ozod qilinmasdan qolgan fuqarolarni ozod qilish boʻyicha muzokaralar jarayoni toʻxtatildi.
2016-yil oktabr oyida Dengov Oliy Davlat Kengashi raisi Abdurahman Sewehli, birinchi vitse-premer-ministr Musa al-Koni, Bosh prokuror huzuridagi Tergov qoʻmitasi rahbari As-Sadik As-Sur, hukumat aʼzolari bilan muzokaralar oʻtkazildi. Muzokaralar natijasiga koʻra mazkur oyda „Mexanik Chebotarev“ tankerida hibsga olingan va ozod etilmasdan qolgan fuqarolarni qaytarib berishdi, undan tashqari"Temeteron" tankeridan Rossiya dengizchilari bilan uchrashishdi.
2017-yilning mart oyida Liviyaning sohil suvlarida yetti nafar rus fuqarosi boʻlgan Rossiyalik „Merle“ yuk kemasi ushlab qolindi va ularning ozod etilishi toʻgʻrisida Lev ishtirokidagi kontakt guruhi yakuniy qarorni qabul qildi. Shu yilning aprel oyida Moskvaga tashrif buyurgan Milliy kelishuv hukumati delegatsiyasi bilan kemada ushlab qolingan uetti nafar rus fuqarosi masalasi muhokama qilindi va guruh komandiri Mohamed Khalil Abubaker Issa tomonidan boshchilik qilindi[19].
2017-yil aprel oyida oʻtkazilgan uchrashuvlar va muzokaralar natijasida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari boʻyicha maxsus vakili M. L. Bogdanovning Tripoliga tashrifi tashkil etildi va tashrif doirasida „Merle“ kemasidan boʻlgan besh nafar rus fuqarosi ozod etildi. Keyinchalik, 2017-yil may oyida qolgan ikki fuqaro ham ozod qilinishiga erishildi[20].
Lev Dengov 2017-yil sentyabr oyidan boshlab Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rahbariyati koʻrsatmasiga binoan Belarus fuqarolarini ozod qilish faoliyati bilan shugʻullandi.
2018-yil fevral oyida Dengov ishtirokida uzoq muzokaralar oʻtkazilganidan soʻng, Liviyada olti yarim yil vaqt davomida hibsda saqlangan Belarus fuqarosi Vyacheslav Kachuraning ozod etilishiga erishdi[21]. Kachura 2011-yil iyun oyida Rossiya, Ukraina va Belarusdan xalqaro ekspertlar guruhi doirasida Liviyaga kelgan edi. 2011-yil avgust oyida ularni revolyutsiyachilar hibsga oldilar va ularni sobiq Liviya prezidenti hisoblangan Muammar Qaddafi rejimidagi qilgan hamkorligi uchun aybladilar. Keyinchalik, ayrim mahbuslar ozod qilindi, lekin oxirgi vaqtlarda Kachuraning taqdiri yuzasidan deyarli hech narsa maʼlum boʻlmagan.
2018-yilda Dengovning aralashuvi natijasida ikki nafar Belarus fuqarosi hisoblangan Inna Babush va Sergei Zdota Liviyada ozod etildi[22]. Mazkur ikki nafar fuqaro Liviyada shifokorlar sifatida ishlagan, ammo mehnat shartnomalari tugaganidan soʻng, Liviya hukumati ularga mamlakatni tark etishga ruxsat bermagan. Belarus shifokorlarini ozod qilish operatsiyasini yakunlaganidan soʻng Lev Dengov Belarusiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan faxriy sertifikatga sazovor boʻldi[23][24].
Shaxsiy hayoti
tahrir"A-studio" guruhining asosiy qoʻshiqchisi hisoblangan Keti Topuriya bilan turmush qurgan[25].
U Adam, Leonid va qizi Shoshana ismli uchta farzandini tarbiyalaydi[26].
Manbalar
tahrir- ↑ „Libya considers purchase of 1 mln tonnes of Russian wheat per year“ (en). Successful Farming (2019-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Russia says Haftar isnʼt progressively advancing on Tripoli / The Libya Observer
- ↑ International footholds in Libya // AhramOnline
- ↑ Is Russia pulling support from Libyan strongman Hifter? // Al Monitor
- ↑ „Операция "Освобождение"“ (ru). Life.ru (2016-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Случаи задержания судов с российским экипажем в 2013–2019 годах“ (ru). РИА Новости (2019-yil fevral). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Russia Sees Libya Stalemate as Strongman's Assault Stalls“. Bloomberg.com (2019-yil 23-may). Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Russia 'not putting bets on one man' in Libya, Kremlin envoy says as General Haftar returns“. www.telegraph.co.uk. 2018-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ Lincoln Pigman, Kyle Orton. „Inside Putin's Libyan Power Play“ (en). Foreign Policy. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Лев Деньгов: за словами Хафтара про штурм Триполи пока нет результатов“ (ru). РИА Новости (2019-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ Libya: Haftar, Sarraj may visit Moscow for crisis talks. Possibility of signing ceasefire agreement to be discussed during meetings, says Russian diplomat // AA
- ↑ „Как бывший поп-певец Лев Деньгов стал дипломатом и другом Кадырова“ (ru). GQ Россия (2019-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „LIBYA : Lev Dengov, imaginary mediator in Ubari – 23/11/2017 – Maghreb Confidential“ (en). Africa Intelligence (2017-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ Marson, James. „After Military Push in Syria, Russia Plays Both Sides in Libya“. Wall Street Journal (2018-yil 7-iyun). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Освобождены пятеро членов экипажа задержанного в Ливии судна "Мерле"“. Правда.Ру (2017-yil 27-aprel). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Представительная делегация Ливии прибудет на ПМЭФ-2018“ (ru). Рамблер/новости (2018-yil 3-may). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „ИТОГИ ПЕТЕРБУРГСКОГО МЕЖДУНАРОДНОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО ФОРУМА – 2018“. www.russarabbc.ru. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Освобожденный капитан "Механика Чеботарева" впервые увидел сына“ (ru). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Освобождены пятеро членов экипажа задержанного в Ливии судна "Мерле"“. Правда.Ру (2017-yil 27-aprel). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ Дмитрий Нерсесов. „Пятеро российских моряков освобождены из ливийской тюрьмы“ (ru). Правда.Ру (2017-yil 27-aprel). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „"Начинали переговоры в 12.00, заканчивали — в 5 утра". Как освобождали в Ливии белорусского пленника“ (ru). TUT.BY (2018-yil 3-fevral). 2021-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Двое белорусских врачей освобождены из Ливии“ (ru). naviny.by (2017-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „В Минск вернулся белорус, который семь лет находился в ливийском плену“ (ru). TUT.BY (2018-yil 2-fevral). 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ Алена ГЕРМАНОВИЧ. „"Несладко пришлось". Освобожденного в Ливии врача в Гомеле ждет мать“. naviny.by (2017-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Деньгов рассказал об отношениях с Кети Топурия“ (ru). РИА Новости (2019-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Лев Деньгов“. Росконгресс. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.