Lev Olshanskiy
Lev Abramovich Olshanskiy (ruscha: Лев Абрамович Ольшанский; 1914-yil 1-oktyabr, Yekaterinoslav — 1995-yil 9-avgust, Moskva) — sovet futbolchisi, hujumchi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | ruscha: Лев Абрамович Ольшанский | ||
Tavallud sanasi | 1-oktyabr 1914-yil | ||
Tavallud joyi | Yekaterinoslav, Rossiya imperiyasi | ||
Vafot sanasi |
8-avgust 1995-yil (80 yoshda) | ||
Vafot joyi | Moskva, Rossiya | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1930—1931 1932—1935 1936—1938 1938 1939 |
Spartak (Dnepropetrovsk) Start(Моskva) Dinamo-klub. (Leningrad) Dinamo (Leningrad) Pishevik(Moskva) |
( 2 (0) 4 (1)) | |
Boshqargan klublari | |||
1948—1949 1950 1951—1954 1954—1955 1956—1957 1957—1959 1960—1963 1964—1970 1972—1976 |
Dinamo (Моskva viloyati) murabbiy Mashinostroitel (Podolsk) Spartak (Ashxobod) Spartak(Toshkent) Spartak(Toshkent) murabbiy „Paxtakor“ Spartak(Toshkent) murabbiy Dinamo-klub. (Moskva) Аlmaz | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Tarjimai hol
tahrir1930-yilda Dnepropetrovskning “Spartak” jamoasi, 1932-1935-yillarda Moskvaning “Start” klubi hamda 1936-1938-yillarda Leningradning “Dinamo” klubi sharafini himoya qilgan. 1938-yilning oktyabr oyida “Dinamo” safida SSSR chempionatida “Elektr” (1:2) va “Zenit” (2:1)dagi hamyurtlariga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazgan. 1939-yil may oyida Moskvaning “Pishevik” jamoasi uchun “B” guruhida toʻrtta oʻyin oʻtkazib, Yerevanning “Spartak” jamoasiga qarshi uchrashuvda bitta gol urishga muvoffaq boʻlgan.
1948-yildan murabbiylik faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 1948-1949-yillarda Moskva viloyati “Dinamo” klubida, 1950-yilda Podolsk “Mashinostroitel” jamoasida, 1951-1954-yillarda Ashxobodning “Spartak”ida, murabbiy vazifasida faoliyat yuritgan. 1954-1955-yillarda Toshkentning “Spartak” klubida katta murabbiy, 1956-1957-yillarda esa murabbiy boʻlib ishlagan. “Paxtakor” jamoasini 1957-1959-yillarda boshqargan.
1964-1978-yillarda KFK Dinamo (Moskva) jamoasiga ustozlik qilgan. 1970-yilda “Strela” va 1972-yilda “Almaz” jamoalari bilan (OFK-3) SSSR kubogining ikki karra gʻolibi boʻlgan[1]
1995-yilda vafot etgan. Vostryakovskiy qabristoniga dafn etilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Московский футбол. XX век, стр. 134“. 2018-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
- ↑ „Ольшанский Лев Абрамович, Москва, Востряковское — еврейские кладбища | Иудаизм и евреи на Толдот.ру“. 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
Havolalar
tahrir- Лукосяк Ю. П. «История петербургского футбола. Кто есть кто в петербургском футболе». — СПб.: Союз художников, 2011. — 280 с. ил., ISBN 978-5-8128-0111-3. С. 156