Levend Ogoh Sirri
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Levend Ogoh Sirri (1894, Rodos oroli — 1979, Anqara) — turk yozuvchisi, turkolog olim. Istanbul universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1919). Turk ensiklopediyasining bosh muharriri (1941—51, 1963—66). Anqaradagi Gazi Yegitim institutida turk adabiyotidan dars bergan (1947—49). Turkiya tilshunoslar jamiyati bosh kotibi va raisi (1941-50). "Ukubatlar" (1928) sentimental romani bor. Atoiy, Navoiy, Fuzuliy adabiy merosi va turkiy tillar tarixi va adabiyotiga bagʻishlab ilmiy asarlar yozgan, xususan, Navo-iyning Turkiya shaharlaridagi kutubxonalarda va Istanbuldagi Reven kutubxo-nasida saqlanayotgan va hali fanga maʼlum boʻlmagan qoʻlyozmalari haqida, jumladan, Navoiyning 26 asarini oʻz ichiga olgan, shoir hayotlik davrida Darvesh Muhammad Toqiy tomonidan koʻchirilgan (1497—99) qoʻlyozma haqida mufassal maʼlumotlar eʼlon qilgan. 1965—68 yillarda Anqarada Navoiy asarlarining 4 jildli toʻplamini nashr ettirgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |