Leygun
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. |
Leygun – Xitoy mifologiyasiga koʻra, momaqaldiroq xudosi. Miflarda u ajdaho tana va inson boshi, qora rangli qanotlar, qush tirnoqlarga ega hamda qornida baraban chalayotgan koʻrinishda tasvirlangan. Qolaversa, u faqat shim kiygan, yelkasiga baraban va oʻng qoʻlida momaqaldiroqni yuzaga keltiradigan yogʻoch bolgʻasini koʻtargan holda boʻladi, deb ishonilgan. Miflarda u qoʻy va choʻchqalar bilan toʻldirilgan aravada sayohatga chiqishi, sayohat asnosida barabanini chalib momaqaldiroqni chaqirishi va yomgʻir yogʻib, insonlarning dehqonchilik va chorvachilik ishlariga qut-baraka kirishi haqida hikoya qilinadi. Shuning uchun u insoniyatga manfaat keltiruvchi yaxshilik xudosi sifatida eʼtiqod qilingan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 273.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.