Leykobirikmalar - indigoid, xinoimin, antraxinon, oltingugurtli va boshqa boʻyagichlarning qaytaruvchi muhitda olingan shakllari. Boʻyagichlarning L.ga aylanish jarayonida ulardagi qoʻsh bogʻlar (S=O, C=NR, C=C) yoki oltingugurtli boʻyagichlarda disulfid S—S bogʻlarning qaytarilishi natijasida aromatik qoldiqlardagi bogʻlar tavsifi oʻzgaradi. Mas, xinoid halqalar benzoid koʻrinishiga oʻtadi. Bu jarayon pirovardida boʻyagichlarning rangi ham oʻzgaradi. L.ning aksariyati suvda yaxshi eriydi, odatda, rangsiz yoki och rangli boʻladi. Havodagi kislorod, RO2, S12, N2O2 taʼsirida L. oson oksidlanib boshlangʻich boʻyagichlarga aylanadi. Baʼzi L., mas, leykoxinizarin, leyko-1,4 diaminoantraxinon boshlangʻich boʻyagichlarga nisbatan reaksiyaga shiddatliroq kirishadi. Shu sababli kislotali va dispers boʻyagichlar ishlab chiqarishda oraliq mahsulot sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil