Li Juan
Li Juan (xitoycha: 李娟; 1981-yil 15-mayda Tyantszinda tugʻilgan) — xitoylik ayol voleybolchi[1]. U 2005-yilgi Osiyo chempionati, 2006-yilgi Doha Osiyo oʻyinlari va 2010-yilgi Guanchjoudagi Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan Xitoy terma jamoalarning asosiy tarkibida boʻlgan.
Li 1998-yilda Tianjin Bridjstoun jamoasiga qoʻshilgan. Oʻn yildan ortiq professional faoliyati davomida u va uning jamoadoshlari sakkizta Xitoy voleybol ligasida, ikkita Xitoy milliy oʻyinlarida va uchta AVC klub chempionatida gʻoliblikka erishishdi[2].
Faoliyati
tahrirLi Juan 1981-yil 15-mayda Xitoyning Tianjin provinsiyasida tugʻilgan.
2000-yilda Li Juan Xitoyning voleybol boʻyicha oʻsmirlar terma jamoasitarkibiga qabul qilindi.
2002-yilda Li Juan birinchi marta Tianjin Bridjston jamoasida Li Shan, Zhang Ping va Zhang Na singari jamoadoshlari bilan birga Xitoyning ayollar milliy voleybol jamoasiga taklif etildi.
Li Juan 2008-yil Pekin Olimpiadasida Xitoy ayollar milliy voleybol terma jamoasi tarkibida qatnashgan va bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2010-yil Guanchjouda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Ayollar voleyboli yoʻnalishi finalida Xitoy va Janubiy Koreya oʻzaro bahslashdilar. Yakunda esa Li Juan oʻzining soʻnggi zarbasi bilan Xitoyga gʻalaba qozonish imkonini berdi. Shuningdek, shu yilgi Jahon Grand Prisida ham ishtirok etib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. ushbu oʻyinlarning barchasida Li Juan ishtirok etgan va jamoaning gʻolibligiga o'z xissasini qoʻshgan.
2010-yilgi Montreux da boʻlib oʻtgan voleybol ustalari musobaqasida esa Xitoy jamoasi final matchida muvaffaqiyatli ishtirok etib birinchi oʻringa sazovor boʻldi.
Li Juan 2012-yilgi klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining voleybol yoʻnalishida oltin medalini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Profil (Wayback Machine saytida 7-iyul 2011-yil sanasida arxivlangan)