Li Bai
Li bo (ikkinchi nomi — Li Taybo) (701—762) — Xitoy shoiri. Ilk sheʼrlari romantik ruxda yozilgan. Ularda tabiat manzaralari, samoviy tuygʻular, yurt qiyofasi, insonlar oʻrtasidagi uzaro munosabatlar aks ettirilgan. Yoshligida daosizm bilan qiziqqan. Inson ozodligini ulugʻlaydigan bu oqim Konfutsiy qarashlariga qarshi boʻlgan. Li Bo jangchilar matonati, harbiy yurishlar dehqonlar boshiga solgan tashvishlar haqida yozadi. Sheʼrlarida aslzodalar, amaldorlarning shafqatsizligidan nafratlanadi. 756-yilda An Lu-shanning imperatorga qarshi qoʻzgʻoloni paytida Li Bo shahzoda Li Linning xizmatida boʻladi. Shahzoda Li Lin tarafdori sifatida shoir Yelanga surgun qilinadi (3 yildan keyin afv etiladi). Li Boning adabiy merosi 900 sheʼrdan ziyod deb baholangan. Li Bo xitoy sheʼ-riyatini erkinlashtirish borasida koʻp ishlar qilgan. Uning merosi Xitoyda XX-asrda keng oʻrganilgan va turli tillarga tarjima qilingan, u jahonning yirik liriklari bilan bir safda turadi.[1]
Li Bai | |
---|---|
Asl ismi | 李白 |
Tavalludi |
701 Sui Ye |
Vafoti |
762 Dan Tu |
Kasbi | shoir |
Ijod qilgan tillari | Classical Chinese va Xitoy tili |
Fuqaroligi | Xitoy |