Liana Zimbler (qizlik ism-familiyasi Juliana Fischer; 31-may 1892-yil, Přerov — 11-noyabr 1987-yil Los-Anjeles, Kaliforniya) — avstriyalik meʼmor, Yevropada meʼmorchilik boʻyicha diplom olgan birinchi ayollardan biri. 1938-yilda AQShga koʻchib oʻtgunga qadar Venada tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan va u yerda interyer dizayn boʻyicha mutaxassis boʻlgan[1][2].

Liane Zimbler
Tavalludi
Juliana Fischer

31-may 1892-yil
Vafoti 11-noyabr 1987-yil(1987-11-11)
(95 yoshda)
Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi meʼmor

Biografiyasi

tahrir

Liane Zimbler Vena sanʼat maktabida tahsil olgan, maktabda avval grafika, keyin meʼmorchilikni oʻrgangan. Hali maktabda oʻqib yurganida, Liane Emilie Louise Flöge salonida rassom va dizayner boʻlib ishlay boshladi. 1916-yilda Liane advokat Otto Zimblerga turmushga chiqadi, keyinchalik ularning Eva ismli qizi tugʻiladi. Oʻsha yili Liane Venadagi „Bamberger“ mebel fabrikasiga ishga joylashadi. Birinchi jahon urushi tugashidan oldin Liane „Rosenberg“ dizayn studiyasida meʼmor boʻlib ishlagan. 1920-yillarning boshlarida Liane interyerni qayta ishlash, rekonstruksiya qilish va ichki bezatishga ixtisoslashgan oʻz kompaniyasiga asos soladi. 1928-yilga kelib, oʻzining muvaffaqiyatli biznesi natijasida Zimbler sherigi Herrnheiser tomonidan boshqariladigan Pragadagi ikkinchi studiyasini ochishga muvaffaq boʻladi[3]. Shuningdek, Liane Vena shahrida mehnatkash ayollarni qoʻllab-quvvatlash uchun turli tashkilotlarda ishtirok etib, maʼruzalar oʻqiy boshladi. Ingrid aholi oʻrtasida tez ommalashgan bir xonali kvartiralari va studiyalari loyihalari bilan mashhur boʻlgan[1]. Uning Venadagi mashhur loyihalari orasida Silbergassedagi villa, Efrussi bankini rekonstruksiya qilish va bir nechta ichki bezatish ishlari hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro uy-joylar jamiyati Avstriya kengashining raisi boʻlib ishlagan va uy-joylarning sotsiologik va badiiy jihatlari boʻyicha maʼruzalar oʻqigan[4] .

1938-yil fevral oyida Zimbler Avstriyada fuqarolik arxitektori litsenziyasiga ega boʻlgan birinchi ayol boʻladi. Koʻp oʻtmay, Otto Zimblerning aloqalari tufayli oila mart oyida Germaniyaning ansshlyus siyosati davrida Niderlandiya va Londonga ketishga muvaffaq boʻlishadi. Oʻsha yilning kuzida ular Qoʻshma Shtatlarga koʻchib ketishadi. Faylasuf Heinrich Gomperzning rafiqasi Ada Gomperzning aralashuvi tufayli Zimblerlar Los-Anjelesga joylashadilar, bu yerda Liana Anita Toorning ofisida interyer dizayn boʻyicha ishlaydi. Uning eri yoʻl-transport hodisasida halok boʻlganidan va Anita Turning vafot etganidan soʻng, Zimbler 1941-yilda kompaniya boshqaruvini oʻz immasiga oldi va yana dizayn loyihalariga eʼtibor qarata boshlaydi. Shuningdek, Liane bir qator yangi binolarni loyihalashtiradi va muntazam ravishda koʻrgazmalarda qatnashadi[3]. Zimbler tez-tez meʼmorchilik va dizaynga oid davriy nashrlar va gazetalarga, shu jumladan Los Angeles Timesga interyer dizayni boʻyicha maqolalar yozgan hamda maʼruzalar qilgan. 1958-yilda unga shogird sifatida qoʻshilgan qizi Eva keyinchalik uning sherigiga aylanadi. 86 yoshida Liane insultni boshdan kechiradi, ammo shunga qaramasdan 90 yoshigacha ishlashda davom etadi. Liane 1987-yil noyabr oyida 95 yoshida Los-Anjelesda vafot etgan.

Zimbler Amerika ichki dizayn instituti va Arxitekturadagi ayollar assotsatsiyasi aʼzosi boʻlgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Austria: Jewish Women Artists | Jewish Womenʼs Archive“. jwa.org. 8 yanvar 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  2. „Architekturzentrum Wien“. www.architektenlexikon.at. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  3. 3,0 3,1 „Architekturzentrum Wien“. www.architektenlexikon.at. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  4. „A Guide to the Liane Zimbler Architectural Collection, 1912-1982, 1993-1994 Zimbler, Liane, Architectural Collection Ms1988-005“. ead.lib.virginia.edu. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  5. „A Guide to the Liane Zimbler Architectural Collection, 1912-1982, 1993-1994 Zimbler, Liane, Architectural Collection Ms1988-005“. ead.lib.virginia.edu. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-mart.

Havolalar

tahrir
  • Architektenlexicon da Tsimbler, 2016-yil 3-mart.
  • Zacek, Patrisiya: Frauen in Der Technik Von 1900 Bis 2000, Vena, ARGE Architektinnen und Ingenieurkonsulentinnen, 1999