Libix qonuni
Libix qonuni, minimum qoidasi — organizmlarning tarqalishi va miqdoriy rivojlanishida ekologik omillarning ahamiyatini belgilovchi tamoyillardan biri. Nemis kimyogari Yu. Libix (1803—73) tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun ishlab chiqilgan (1840). Yustus fon Libix koʻrsatishicha, minimum miqdorda boʻlgan modda hosildorlikni boshqarib, uning miqdori va doimiyligini belgilab beradi. Bunda tuproqda juda oz boʻladigan va miqdori oʻzgarib turadigan, ammo hayot uchun juda muhim boʻlgan moddalarning cheklovchi taʼsiri nazarda tutiladi. Keyinchalik bu qoida kengroq talqin qilina boshlandi va boshqa omillar (mas, harorat, yorugʻlik, namlik va boshqalar)ga nisbatan ham qoʻllandi [1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |