Lichinka (rus.) — koʻpchilik umurtqasiz va ayrim umurtqali hayvonlar (baliqlar, suvda va kuruqlikda yashovchilar)ning individual rivojlanishidagi postembrional (tuxumdan chiqqandan keyingi) davri. L.tuxumdagi zaxira oziq modda morfogenezning tugal-lanishi uchun yetarli boʻlmagan hayvonlarga xos. Lichinkamustaqil hayot kechiradi, faol oziqlanadi, bir necha marta tullab, yaʼni qattiq poʻstini tashlab (boʻgʻimoyoqlilar va ayrim b. umurtqasizlar) oʻsadi va rivojlanadi. Odatda, lichinkavoyaga yetgan davrda boʻlmaydigan bir qancha provizor organlarga ega boʻladi yoki aksincha unda voyaga yetgan hayvonlar uchun xos bir qancha organlar boʻlmaydi. Lichinkadavrining boʻlishi hayvonlar rivojlanishining turli davrlarida yashash tarzi yoki yashash muhitining oʻzgarib turishi bilan ham bogʻliq. Oʻtroq yashaydigan yoki kam harakatlanadigan hayvonlarda lichinkaturning tarqalishini taʼminlaydi (mas, gʻovaktanlilarning parenximulasi va amfiblastulasi, boʻshliqichlilarning planulasi, koʻp tukli halqalilar troxoforasi).

Lichinkabilan voyaga yetgan organizm tuzilishida farq qancha katta boʻlsa, uning voyaga yetgan xayvonga aylanishi (metamorfoz) shuncha chuqur boʻladi. Ayniqsa, nemertin, ninaterililar, hasharotlar va boshqa bir qancha umurtqasiz hayvonlarda metamorfoz juda chuqur oʻzgarishlar orqali sodir boʻladi. Masalan, toʻliq oʻzgarish orqali rivojlanadigan hasharotlarning gʻumbak davrida lichinkalik organlarining deyarli barchasi batamom yemirilib, voyaga yetgan davrga xos organlar maxsus murtaklar — imaginal disklar hisobidan shakllanadi. Faol lichinkalik davr bir oydan (ikki qanotlilar, kapalaklar) bir necha yilgacha (may qoʻngʻizi va boshqa plastinka moʻylovlilar) davom etadi.

Ambistomalar L.si (aksolotl) odatdagi sharoitda voyaga yetgan davrgacha rivojlanmasdan, Lichinkadavrida koʻpayish xususiyatiga ega (qarang Neoteniya). Ayrim hayvonlar L.si oʻz ajdodlari tuzilishi belgilariga ega boʻladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil