Ligatura (ligatura; lotincha ligo, ligatum — bogʻlamoq) — tibbiyotda qon tomirlar va boshqa kovak aʼzolar atrofiga bogʻlanadigan yoki toʻqimalarning bi-tishi uchun operatsiyadan keyin jarohatda qoldiriladigan ip. Odatda, L. sifatida ipak, ketgut, ip, zigʻir tolasi va boshqa ishlatiladi. Qon tomiri hamda toʻqimaning tarkibiga koʻra, soʻriladigan yoki soʻrilmaydigan L. farq qilinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil