Ligustra
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ligustra (Ligustrum) — zaytundoshlar oilasiga mansub buta va pakana daraxtlar turkumi. 35 (baʼzi maʼlumotlarda 50) turi bor. Koʻpchiligi Osiyoning tropik va subtropik qismida usadi. Oddiy L. (L.vulgaris) Oʻrta Osiyoda oʻstiriladi. Boʻyi 2–5 m, barglari oddiy, qisqa bandli, yaltiroq, choʻziq yoki nashtarsimon, novdada qarama-qarshi joylashgan. Guli ikki jinsli, oq yoki sargʻish tusda, shakli vo-ronkasimon, gulbargi 4 ta. Mevasi kora yoki toʻq koʻk, rezavor. May—iyunda gullab, avgust — sentabrda meva tugadi. L. manzarali oʻsimlik. Koʻpchilik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham, asosan, yashil devor hosil qilish uchun ekiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |