Likasi (1966-yilgacha Jadovil) - Kongo Demokratik Respublikasidagi shahar. Shaba provinsiyasida. Likasi stansiyasi. Aeroport bor. Aholisi 300 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Mis-kobalt rudalari qazib olinadigan va rangli metallar ishlab chiqariladigan rayon markazi. Rux konsentratlariga ishlov beriladi. Kimyo sanoati, qurilish materiallari va temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish korxonalari, mineralogiya muzeyi bor. Likasiga 1917-yilda asos solingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil