Lim-ford boʻgʻozi, Limf-ord – Daniyaning shimolidagi boʻgʻozlar sistemasi, Shimoliy dengizni Kattegat boʻgʻozi bilan bogʻlaydi. Uzunligi 180 km. Tor ilon izi oʻzanlar bilan bogʻlangan koʻlsimon kengliklardan iborat. L.-f.b. Vennyussel o.ni Yutlandiya yarim oroldan ajra-tib turadi. Chuq. 3—5 m. L.-f.b.da 90 dan ortiq orol bor, yiriklari – Mors va Fur. Olborg portiga sharq tomondan katta kemalar ham kira oladi, do-imiy ravishda tozalanadigan va ayrim joylari kanallashtirilgan farvater mavjud. L.-f. b.da baliq va ustritsa ovlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil