Liman sugʻorish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Liman sugʻorish, liman usulida sugʻorish - yerni erta bahorda erigan qor va daryolarning toshqin suvlarini limanlarda tutib qolish bilan bir marta bostirib sugʻorish. Ekinlar yetishtirish uchun tuproqda yetarli nam toʻplash maqsadlarida oʻtkaziladi. Liman sugʻorish yarim qurgʻoqchil mintaqalar (Volgaboʻyi, Shimoliy Kavkaz, Gʻarbiy va Sharqiy Sibirning choʻl mintaqalari, Ukraina, Qozogʻiston va boshqalar)ning oʻsimliklar uchun bahorgi bir marta bostirib sugʻorish va soʻngra yozgi yogʻinlar hisobiga tuproqda toʻplanadigan nam zaxirasi kifoya qiladigan sharoitlarida qoʻllanadi. Doimiy sugorish usuliga qaraganda joʻn va 9—30-marta arzonga tushadi. Limanni barpo etishga qilingan xarajat qoʻshimcha hosil evaziga 1—4 yilda qoplanadi.
Limanlarning turiga qarab turli ekinlar yetishtiriladi. Liman sugʻorish tuproq paydo boʻlish jarayonini oʻzgartirish bilan birga ekinlar hosildorligini oshirishga olib keladi. Su-gʻorishning boshqa turlarini qoʻllash mumkin boʻlmagan joylarda oʻrmon daraxtlarini Liman sugʻorish muhim ahamiyat kasb etadi.
Liman sugʻorish nishabligi kichik (0,001—0,002) va tekis relyefli joylarda yuqori samara beradi. Relyefning quyi hamda oʻrta va yuqori qismlarida sunʼiy toʻsiq hosil qilish yoʻli bilan limanlar barpo etish mumkin. Sugʻoriladigan maydon — limanlarda suv maxsus tuproq toʻsiqlar, toʻgʻonlar va turlicha gidrotexnik inshootlar yordamida tutib qolinadi va dalalar boʻylab taqsimlanadi. Tuproqqa singib ketmagan ortiqcha suv suvchiqargichlar orqali tashlab yuboriladi. Limanlar oddiy va pogʻonali, sayoz va chuqur suvli turlarga boʻlinadi.
Ziyomiddin Artukmetov, Abdurahim Ermatov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |