Limasol, Lemesos — Kipr jan. dagi shahar. Limasol okrugining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Aholisi 192,5 ming kishi (1999). Vino va konyak ishlab chiqarish markazlaridan. Toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, arxeologiya muzeyi bor. 13—17-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil