Limfangit
Limfangit, limfangoit (limfa va grekcha: „angeion“ — tomir) — limfa tomirlarining yalligʻlanishi. Streptokokk, stafilokokk, ichak tayokchasi va boshqa qoʻzgʻatadi. Koʻpincha, teri va shilliq pardalarning chaqalangan joyidan kirgan infeksiya limfa oqimi orqali tushib, uni yalligʻlantiradi. Odatda, limfadenit bilan birga kechadi. Utkir va surunkali L. bor. Yalligʻlangan limfa tomiri boʻylab ogʻriq, shish, qizarish, berchlanish kuzatiladi, shuningdek, et uvishadi, harorat koʻtariladi, bemorning ahvoli keskin oʻzgaradi[1].
Etiologiyasi va patogenezi
tahrirLimfa tomirlarining yalligʻlanishiga stafilokokklar, kamdan-kam hollarda boshqa mikroblar sabab boʻladi. Mikroblar va ularning toksinlari limfa tomirlarining oʻtkir yalligʻlanishi
avj oladi. Limfangit kamdan-kam hollarda birlamchi boʻladi. Koʻpincha u oqma yaralar yoki mahalliy yiringli jarayon paydo boiishi natijasida ikkilamchi xususiyatga ega boʻladi.
Patologik-anatomik manzarasi
tahrirToʻqimalar shishi, mayda limfa tomirlari atrofida tarqaluvchi infiltrat avj oladi. Birmuncha yirik tomirlarda toʻqimalar infiltratsiyasi avj oladi, bunda toʻqimalar mikroabssesslashga uchraydi va tromb paydo boʻladi. Yon-atrofdagi toʻqimalarda ikkilamchi paralimfangit manzarasi kuzatiladi, shuningdek, u shish belgilari va toʻqimalarning yiringli imbibitsiyasi bilan ajralib turadi. Kasallik surunkali kechganda koʻpincha limfa oqishining buzilishi bilan davom etuvchi toʻqima fibrozi rivojlanadi; limfa oqishining buzilishi jarayon kuchaygan sari besoʻnaqaylik fil oyogʻi kasalligini keltirib chiqarishi mumkin („elephantiasis“).
Klinik manzarasi
tahrirKasallikning klinik manzarasi jarayonning oldini olishga, infeksiyaning virulentligiga, shuningdek, mahalliy toʻqima reaksiyasiga bogʻliq. Yuza mayda limfa tomirlari („lymphangitis simplex“) yalligʻlanganda saramasga oʻxshab terining qizarishi kuzatiladi. Teri qichishadi, sal-pal achishadi, kuchsiz isitma chiqadi. Yalligʻlanish jarayonining oʻtishiga koʻra, yirikroq limfa tomirlarida („lymphangitis truncularis“) ingichka qizil yoʻllar paydo boʻlib, ular dastlabki oʻchoqdan regional limfa tugunlariga choʻzilib borgan boʻladi. Ogʻriq kuchayadi, shish kattalashadi. Chuqur limfa tugunlari yalligʻlanganda klinik manzara yanada yaqqolroq aks etadi. Chuqur limfa tugunlari shikastlanganda lohaslik paydo boʻladi, harorat koʻtariladi,
shish kattalashadi. Abssesslar, toʻqima flegmonalari, saramas, koʻchib yuruvchi tromboflebit va sepsis roʻy berganda ikkilamchi asorat paydo boʻlishi mumkin.
Differensial diagnozi
tahrirLimfangitni oʻtkir yoki koʻchib yuruvchi limfadenitdan, toʻqima flegmonasidan, saramasdan, anaerob infeksiyadan va qorasondan farqlash lozim.
Davosi
tahrirYuqoriga koʻtarib qoʻyilgan qoʻl yoki oyoqni osoyishta tutish zarur. Kasal qoʻl yoki oyoq qimirlamaydigan qilib qoʻyiladi. Isituvchi kompresslar va boshqa fizioterapevtik tadbirlar qoʻllanadi. Antibiotiklar va sulfanilamidlar ham yaxshi naf beradi. Yalligʻlanishning dastlabki oʻchogʻini (oqma yara, flegmona, abssess) bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Yiring paydo boʻlgan hollarda oʻchoq yorilib, yaralar drenaj qilinishi zarur. Kasallikning surunkali bosqichida kam dozalarda rentgen nurlari bilan nurlantirish va balneologik davo qilish qoʻllanadi[2].