Limonoʻtlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Limonoʻtlar, limonnik (Schisandra) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Ikki uyli, chirmashib usadi. 14 turi bor. Sharqiy Osiyo togʻ oʻrmonlaria uchraydi. Bargi qizil, choʻziq tuxumsimon, oʻtkir uchli, cheti kungurali, bandli, ketma-ket joylashgan. Guli bir jinsli, oq yoki pushti, xushboʻy. Mevasi 1 — 2 urugʻli, dumaloq, kizil, zich shingilga toʻplangan, limon mazasi va hidi bor. Mevasi va urugʻi tarkibida limon, olma va boshqa organik kislotalar, uglevodorodlar, vitamin S, efir moylari va boshqa boʻladi. L. (nastoykasi va poroshogi) aqliy va jismoniy charchaganda, mehnat qilish va koʻrish qobiliyati susayganda markaziy nerv sistemasi faoliyatini kuchaytiruvchi, organizm tonusini koʻtaruvchi, shuningdek, yurak-tomir sistemasi va nafasni yax-shilovchi vosita sifatida ishlatiladi. Xitoy L. ekiladi. L. asosan, urugʻidan koʻpaytiriladi, urugʻi bahorda yoki kuzda pitomniklarga ekiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |