Limon

sitrus mevalar
(Limudan yoʻnaltirildi)

Limon, limu (Citrus limon) — rutadoshlar (sitruslar turkumi)ga kiradigan doim yashil koʻp yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani — Janubiy va Jan.-Sharqiy Osiyo. Yovvoyi holda oʻsishi aniqlanmagan. Oʻrta Dengiz, AQSH, Meksika, Argentina va boshqa mamlakatlar subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida, Oʻrta Osiyoda (transheyalarda) ekiladi. Shuningdek, uy sharoitlarida oʻstiriladi. Daraxti balandligi 3–7 m, shoxshabbasi yoyiq. Novdalari tikanli, baʼzilari tikansiz. Bar-gi qalin, och yashil, choʻziq-tuxumsimon. Gullari ikki jinsli, oq, xushboʻy. Mevasi tuxumsimon, baʼzan dumaloq. oʻrtacha ogʻirligi 120—400 g ga boradi. Poʻsti sariq, silliq yoki gʻadir-budur, taxir. Eti 8—12 pallali, och sariq, sersuv, nordon. Sharbati tarkibida 3,5—8,1% kislota (asosan, limon kislota), 1,9—3,0% kand, vitamin S (100 g ida 45–140 mg), RR va V hamda pektin moddalar, temir, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy tuzlari bor. Asosan, hoʻlligicha yeyiladi, konditer mahsulotlari tayyorlashda, sharbat, limonad, limon kislota olishda ishlatiladi.

Limon

L. qalamchasidan va payvandlash yuli bilan koʻpaytiriladi. Bogʻda 2,5><4 sxemada ekiladi. Koʻchati oʻtkazilganidan key-in 3—4-yili hosil beradi. 1 tup daraxti 15–20 kg hosil qiladi. Ochiq bogʻlarda L. kuklam, yoz va kuzda usadi, qishda tinim davriga oʻtadi. Koʻklamda gullaydi, mevasi 150—170 kunda yetiladi. Transheya sharoitida esa kuzda harorati 3—5° ga tushganda oʻsishdan tuxtab, koʻklamda harorat 10—12° ga koʻtarilganda oʻsishni davom ettiradi. Barglari har 2—3 yilda yangilanadi. L. issiqsevar, yorugʻsevar va namga talab-chan oʻsimlik. —1,5, —2° da meva va pishmagan novdalarini, —5, —6° da tupini sovuq uradi. Havo harorati 17—18° da boʻlganda normal rivojlanadi. L. chi-rindiga boy, suvni yaxshi oʻtkazadigan yengil tuproqlarda moʻl hosil beradi. L. Oʻzbekistonda 1949-yildan transheyada oʻstirila boshladi. L.ning Novogruzinskiy, Udarnik, Meyer va boshqa navlar bor. Meyer navi transheya sharoitida ekiladi, daraxti past boʻyli kam tikanli, aprel — mayda yoppasiga gullaydi; koʻchati oʻtqazilgach, 2-yili xreilga kiradi. 4—5 yoshli daraxti 50—70 dona, 9—10 yoshdagisi 120—150 dona meva beradi. Mevasi oktabr— noyabrda pishadi. Keyingi yillarda xalq se-leksioneri, faxriy akademik Zayniddin Faxriddinov yetishtirgan yirik mevali (400—950 g) Toshkent, Yubileyniy nav L.lari ham oʻstirilmoqda.

Adabiyot

tahrir
  • Kulkov O.P., Muhamedov Sh. Z., Oʻzbekistonning subtropik oʻsimliklari, 1968;
  • Faxriddinov 3., Toshkent limoni, T., 1969.

Rixsivoy Joʻrayev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil