Lina Nilsson
Lina Therese Nilsson (1987-yil 17-iyunda tugʻilgan) - shved futbolchisi, Rosengård va Shvetsiya terma jamoasida oʻynagan. Odatda qanot himoyachisi, u yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi. U 2006-yilda Malmö FF klubiga qoʻshildi shundan soʻng LdB FC va FC Rosengård kabi turli klubda faoliyat yuritdi. 2009-yil iyul oyida Shvetsiya terma jamoasida ilk chempionligini qoʻlga kiritganidan beri Nilsson oʻz mamlakatini 2009 va 2013-yilgi UEFA ayollar chempionatida, shuningdek, 2011 va 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida himoya qilgan. U 2012-yilgi futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida ham Shvetsiya terma jamoasi tarkibida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lina Therese Nilsson | ||
Tavallud sanasi | 17-iyun 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Ystad, Shvetsiya, | ||
Boʻyi | 1.70 m | ||
Ampluasi | Himoyachi |
2017-yil 5-oktyabrda u futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[1].
Klubdagi karyerasi
tahrirNilsson oʻz faoliyatini 2006-yilda mahalliy Damallsvenskan klubi Malmö FFga kelishidan oldin oʻzining tugʻilgan Skåne okrugidagi kichik jamoalarda boshlagan[2]. U quyi ligada Sjöbo IF jamoasida oʻynab, haftada bir marta Malmyo bilan mashgʻulot oʻtkazgan[3].
Doimiy oʻng qanot himoyachisi Nilsson klubning 2010, 2011, 2013 va 2014-yillardagi chempionlik medalini qoʻlga kiritgan toʻrt futbolchidan biri edi[4] 2015-yilning avgust oyida jamoa sardori Lina Nilsson hozirda FC Rosengård nomi bilan tanilgan klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5].
Xalqaro karyera
tahrir19 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasi aʼzosi sifatida Nilsson 2006-yilda Shveysariyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida uchta oʻyinda qatnashgan. U 2009-yil iyul oyida Shtadsparksvallen (Yönköping)da Xitoyga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan Anna Paulson oʻrniga 55-daqiqada oʻrinbosar sifatida kattalar safida debyut qilgan. U maydonga tushgan zahoti golli vaziyat yuzaga keltirib zarba berdi, ammo zarbasi darvoza toʻsiniga tegdi[6].
Milliy murabbiy Tomas Dennerbi Nilssonni UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 uchun chaqiruv oldi va u yerda uchta oʻyinda maydonga tushdi[7]. U 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham terma jamoaga jalb qilindi, ammo Annika Svensson birinchi oʻng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushirildi. Nilsson chorak finalgacha maydonga tushmadi, u Shvetsiyaning Avstraliya ustidan 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan kechgan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan.
Shvetsiyaning jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallashi 2012-yilgi London Olimpiadasiga yoʻllanmani kafolatladi. Nilsson Shvetsiyaning F guruhidagi ikkita oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va boshqa oʻyinda zaxiradan oʻyinga qoʻshildi. Uning ikkita sariq kartochkasi chorak finalda diskvalifikatsiya qilinishiga sabab boʻldi uning oʻrniga Annika Svensson Glazgodagi Xempden Parkda Fransiyaga qarshi oʻyinda (2:1) maydinga tushdi.
Yangi kelgan milliy murabbiy Pia Sundxage Nilssonni jamoada saqlab qoldi va uni Shvetsiya mezbonlik qilgan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun tarkibga tanlab oldi. Oyoq jarohatidan tuzalgach[8],, Nilsson Shvetsiyaning A guruhidagi uchta oʻyinidan ikkitasida maydonga tushdi. Sundhage Islandiya va Germaniyaga qarshi oʻyinlarda uchun oʻng qanot himoyachisi Jessica Samuelssonni maydonga tushirgan.
2014-yil aprel oyida Nilsson oʻzining 50-oʻyinini oʻtkazishi munosabati bilan birinchi xalqaro golini urdi. Bu Shvetsiya terma jamoasining Portadaun shahridagi Shamrok Parkda Shimoliy Irlandiya ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan Jahon chempionati saralashida yuz berdi[9]. U Shimoliy Irlandiya va Bosniya va Gersegovinaga qarshi javob oʻyinida qoʻshimcha gollarni ham kiritib jamoasiga yordam bergan.
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati oldidan Sundxage Nilsson bilan unga notanish boʻlgan chap qanot himoyachisi rolida sinab koʻrdi[10]. Nilsson oʻzining yangi roliga tezda moslashdi, garchi ular Gollandiyaga turnir oldidan oʻrtoqlik uchrashuvida 2:1 hisobida magʻlub boʻlishgan boʻlsada[11].
Nilsson Shvetsiyaning Jahon chempionatining dastlabki oʻyinini chap qanot himoyachisida boshladi, unga Nigeriya vingeri Asisat Oshoalani toʻxtatish vazifasi yuklatilgan edi[12]. Shvetsiya ikki toʻp farqi bilan ortda qolayotganda iroda koʻrsatib, 3:3 hisobida durang natijaga erishishdi. Shvetsiyaning navbatdagi oʻyinida AQSH bilan 0:0 hisobida durang oʻynaldi, Nilsson esa chap qanot yarim himoyachisi roliga oʻtdi[13]. Ikkinchi turda Shvetsiya Germaniyadan 4:1 hisobida magʻlub boʻlganida, Nilsson tanaffusda chap qanot himoyachisi oʻrniga maydonga tushgan[14].
Xalqaro maydondagi gollar
tahrirGol | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2014-yil 5-aprel | Shamrock Park, Portadown, Shimoliy Irlandiya | Shimoliy Irlandiya | 4 – 0 | 4–0 | JCh-2015 saralashi |
2. | 2014-yil 8-may | Myresjöhus Arena, Växjo, Shvetsiya | Shimoliy Irlandiya | 3 – 0 | 3–0 | JCh-2015 saralashi |
3. | 2014-yil 13-sentabr | Gamla Ullevi, Gothenburg, Shvetsiya | Bosniya va Gertsegovina | 1 – 0 | 3–0 | JCh-2015 saralashi |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirLdB FC Malmö / Rosengård
tahrir- Damallsvenskan (4): 2010, 2011, 2013, 2014
- Svenska Superkubogi (3): 2011, 2012, 2015
Xalqaro
tahrirShvetsiya
tahrir- FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati Uchinchi oʻrin: 2011-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Rosengårdsveteranen lägger av“ (shvedcha). Dagens nyheter (5-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 5-oktyabr 2017-yil.
- ↑ Hardenberger, Martin. „Kapten Lina Nilsson stannar i Rosengård“ (shvedcha). Expressen (18-avgust 2015-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.
- ↑ Andersson, Jan. „Sjöbolöftet Lina Nilsson drömmer om sol – och snö“ (shvedcha). Ystads Allehanda (1-mart 2005-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.
- ↑ Jönsson, Jan. „Lina Nilsson i guldsits på bänken ikväll“ (shvedcha). Sydsvenskan (25-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.
- ↑ „Rosengård förlänger med lagkaptenen“ (shvedcha). Göteborgs-Posten (18-avgust 2015-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.
- ↑ „Dam: Sverige dominerade mot ett blekt Kina“ (shvedcha). Swedish Football Association (19-iyul 2009-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.
- ↑ „Lina Nilsson“. UEFA (10-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Bergström, Kristoffer; Thorén, Petra. „Seger okej – Lina Nilsson fotskadad“ (shvedcha). Aftonbladet (9-iyul 2013-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.
- ↑ „Tre säkra poäng i Portadown“ (shvedcha). Swedish Football Association (5-aprel 2014-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.
- ↑ Hasselgren, Fredrik. „Lina Nilsson på rätt kant i VM“ (shvedcha). Damfotboll.com (5-iyun 2015-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Edwinsson, Lisa. „Svenska VM-backen: Jag fick en blackout“ (shvedcha). Dagens Nyheter (6-iyun 2015-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.
- ↑ Lukins, Emma. „Sverige kryssade i VM-premiären“ (shvedcha). Göteborgs-Posten (9-iyun 2015-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Mållöst mellan Sverige och USA“ (shvedcha). Swedish Football Association (13-iyun 2015-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.
- ↑ „VM över för Sverige“ (shvedcha). Swedish Football Association (20-iyun 2015-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2015-yil.