Linariya

sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub bir yoki kup yillik oʻtlar turkumi

Linariya (Linaria) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub bir yoki kup yillik oʻtlar turkumi. Koʻproq Oʻrta dengiz rayonlarida oʻsadigan 150 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 4 turi usadi. Oddiy L.ning boʻyi 60—90 sm. Poyasining yuqorisi bir oz shoxlangan. Barglari nashtarsimon, bandsiz, ketmaket. Gullari och sariq; toʻpguli shingilsimon. Mevasi koʻsakcha, koʻp urugʻli. Qumli yerlar, urmon chekkalari, qiyaliklar va yoʻl yoqalarida oʻsadi. Yer ustki qismida alkaloidlar, flavoin glikozidlari, vitamin S va boshqa bor. Suyuq ekstrakti surgi sifatida hamda bavosir kasalligida qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil