Lindisfarn Xushxabar (inglizcha: Lindisfarne Gospels) —— lotin tilida Matto, Mark, Luqo va Yuhannoning xushxabarlarini oʻz ichiga olgan suratli qoʻlyozma kitob (Suratli Xushxabar). Kitob VIIasr oxiri -VIII asr boshlarida Nortumbriyadagi Lindisfarnda yasalgan. Ushbu qoʻlyozma „orol xushxabarlari“ deb ataluvchi guruhning juda yorqin namunasidir. VIIIX asrlarda irland (keltlar) rohiblari tomonidan qoʻlda yozilgan va kelt-anglo-sakson uslubidagi koʻplab miniatyuralarni oʻz ichiga oluvchi kitoblar shunday ataladi.

Lindisfarne Injili 698-yilda Lindisfarne yepiskopi boʻlgan va 721-yilda vafot etgan Eadfrit ismli rohibning ishi deb hisoblanadi. Hozirgi tadqiqotlar kitobning 715-yil atrofida yasalganini taxmin qilish imkonini beradi. Kitob Avliyo Katbert sharafiga koʻchirilgan, degan farazlar bor. Injil orolga xos bezatilgan va dastlab VIII asrda Anchorite Billfrit tomonidan ishlab chiqilgan qimmatbaho marvaridli muqovaga ega edi. Vikinglarning Lindisfarne bosqinlari paytida muqovasi gʻoyib boʻlgan va u 1852-yilgacha almashtirilmagan. Matn kursiv bilan yozilgan.

X asrda Lindisfarn yepiskopi Aldred Injillarni qadimgi ingliz tiliga tarjima qilgan. Tarjima lotin matnli Injilning qatorlari orasiga yozilgan. U Injillarning ingliz tiliga ilk tarjimalaridan biridir.

Kitobni ser Robert Kotton XVIIasr boshlarida parlament kotibi Robert Bouyerdan sotib olgan. XVIII asrda Britaniya muzeyi Kotton kutubxonasini sotib olgan. U yerdan kitob Londondagi Britaniya kutubxonasiga yoʻl olgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Kalkins, Robert G. Oʻrta asrlarning yoritilgan kitoblari. Itaka, Nyu-York: Kornel universiteti nashriyoti, 1983-yil.
  • DeHamel, Kristofer. Yoritilgan qoʻlyozmalar tarixi. Boston: Devid R. Godine, 1986-yil.
  • Valter, Ingo F. va Norbert Wolf. Kodekslar tasvirlari: dunyodagi eng mashhur yoritilgan qoʻlyozmalar, 400 dan 1600 gacha. Koln, TASCHEN, 2005-yil.

Havolalar

tahrir