Lingafon kabineti (lot. linqua — til va yun. phone — tovush, nutq) — tovush texnikasi, proyeksion va kinoproyeksion apparatlar bilan jihozlangan maxsus auditoriya (sinf). Oʻquvchi (talaba)larga audiovizual usul bilan oʻzga til nutqini, talaffuz shaklini, oʻrganilayotgan til muhitini yaratish, ona tilining nutq madaniyatini oʻrganish ustida mustaqil ishlash, shuningdek, teatr va sanʼat oʻquv yurtlarida mutaxassislik boʻyicha professional-ijrochilik mahoratini egallash uchun qulay sharoit yaratadi. Lingafon kabineti apparaturasi (magnitofonlar, elektrofonlar, mikrofontelefon kuchaytirgichi va boshqalar) oʻqituvchiga har bir oʻquvchining muay-yan oʻquv materiali ustida mustaqil ish olib borish va buni nazorat qilish, bir vaqtning oʻzida muayyan oʻquvchilar guruhi uchun bir nechta oʻquv dasturini kiritish, oʻquvchilarning nutqlarini yozib olish va qaytadan yodga tushirish, kino filmlarni sharhlash va shahrik.ga imkon beradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil