Lingvistik masala – lingvist faoliyatini modelyatsiya qiladigan masala, uni yechish uchun masalada keltirilgan tillarni bilish shart emas (barcha kerakli maʼlumotlar masalaning shartlarida bitilgan)[1]. Har xil tur va koʻrinishlarga ega. Koʻpincha bu masalani yechuvchiga notanish tildan/ga tekstni tarjima qilish va ular orasidagi muvofiqlikni aniqlashdir.

Toʻlaqonli lingvistik masala deb masala shartlari yozilgan tilni bilishdan boshqa hech qanaqa qoʻshimcha bilimlarni talab qilmaydigan lingvistik mavzudagi masalani deyidilar.

Muntazam maktab oʻquvchilari orasida olimpiadalar otʼkaziladi va u yerda ularga aynan shunaqa masalalarni yechish taklif qilinadi[2].

Masalaning namunasi

tahrir
A B C Tarjima
daķiķa dakika daka daqiqa
raʼs kichwa roš bosh
daftar daftari maxberet daftar
šams jua šemeš quyosh
nafs moyo nefeš qalb
habar habari xadaša xabar
riğl mguu regel oyoq
wizāra wizara misrad vazirlik

Bu masala bitiruvchi sinflar orasida lingvistika va matematika boʻyicha XII Moskva anʼanaviy olimpiadasida bitiruvchi sinflarga berilgan edi, uni V. A. Terentyev tayorlagan.

A, B va C tillarda bir xil maʼnoga ega soʻzlar berilgan. Maʼlumki, ikkita tilning kelib chiqishi bitta, uchinchisi esa ularga qardosh emas. Qardosh tillarni toping.

U shunday yechiladi. Oldin yechuvchi B va C tillarida berilgan soʻzlardan oʻxshash soʻzlar deyarli yoʻqligini payqaydi. Demak, yoki A va B qardosh, yoki A va C. A va B tillarida „daqiqa“, „xabar“, „vazirlik“ soʻzlari bir. A va Cda – „bosh“, „quyosh“, „qalb“, „oyoq“. Tushunarliki, ikkita til uchun umumiy boʻlgan qadimiy tilda „daqiqa“, „vazirlik“ kabi tushumchalar yoʻq edi, lekin bosh va oyoqni bildiruvchi soʻzlar bor edi. Demak, A va C tillari qardosh. Aslida A – arab tili, B-suahili, arabchaga qardosh emas, lekin uning kuchli taʼsiriga uchragan, C esa – ivrit, arab tiliga qardosh va uning taʼsiriga uchramagan.

Manbalar

tahrir
  1. http://elementy.ru/problems?theme=25197
  2. arxiv nusxasi, 2016-01-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-17