Lingvistik qonun - biror tilga yoki bir necha turli tillarga xos boʻlgan umumiy qoida, qonuniyat; muayyan til birliklari oʻrtasidagi u yoki bu munosabatlarning muntazam va izchil aks etishi. Lingvistik qonun ichki va tashqi qonunlarga ajratiladi. Tildagi mumkin kadar ustuvor va mustaqil rivoj-lanish uning ichki krnunlari nomini olgan. Bu krnunlar umumiy va xususiy turlarga boʻlinadi. Barcha tillarga va ulardagi bosqichlarga tegishli boʻlgan qonun va tamoyillar ichki umumiy, baʼzi tillar va til guruhlariga tegishli qonun va tamoyillar ichki xususiy krnunlar deb yuritiladi. Keyingi davrda tildagi ichki umumiy krnunlar oʻrnini jahon tillariga xos universaliyalar ola boshladi. Tildagi ichki xususiy krnunlarga baʼzi tillarga xos xususiyatlar, maye. german va turkiy tillariga xos umlaut va singarmonizm kabilar kiradi. Tilning tashqi qonunlari uning mazmun jihati bilan bogʻlanadi va ular umumiy hamda xususiy turlarga boʻlinadi. Umumiy tashqi qonunlar til tarixining jamiyat tarixi bilan bogʻlanishida namoyon boʻladi. Xalqlarning davomiy aloqalari tilda oʻz aksini topadi, koʻpgina soʻzlar oʻzlashadi. Tashqi xususiy til qonunlariga boshqa tildan oʻzlashgan fonemaning shu tilga moslashuvi misol boʻla oladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil