Lingvistik falsafa
(Lingvistik tahlil falsafasidan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lingvistik falsafa, lingvistik tahlil falsafasi — analitik falsafadagi oqim. Falsa-faning dunyoqarashlik ahamiyatini inkor etib, jamiyatdagi barcha il-latlar tilning tafakkurga salbiy taʼsir koʻrsatishi natijasida sodir boʻladi, deb uqtiradi. Unga koʻra, tah-lilning maqsadi til ifodalari ni aniqlashtirishdan iborat. Lingvistik falsafa bilishning mohiyatini uning tilda -gi shaklidan ajratib qoʻyib, falsafiy va lingvistik tadqiqotlarni qorishtirib yuboradi. Bu oqim 1930-yillarda avstriyalik faylasuf va man-tiqchi L. Vitgenshteyn (1889—1951) va ingliz faylasufi J.Mur (1873—1958) gʻoyalari taʼsirida paydo boʻlib, Buyuk Britaniyada rivojlantirildi (G.Rayl, J.Ostin, J.Uisdom, P.Strouson).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |