Lionel Zinsou
Lionel Zinsou (23-oktyabr 1953-yilda tugʻilgan) 2015-yildan 2016-yilgacha Benin Respublikasi Bosh Vaziri sifatida faoliyat yuritgan iqtisodchi. 2017-yil iyundan boshlab u Terra Nova siyosat instituti prezidenti boʻlib ishlab kelmoqda[1].
Lionel Zinsou | |
---|---|
Zinsou, 2017-yil | |
Benin Respublikasi Bosh Vaziri | |
Mansab davri 18-iyun 2015-yil – 6-aprel 2016-yil | |
Prezident | Thomas Boni Yayi |
Oʻtmishdoshi | Pascal Koupaki (2013) |
Vorisi | Lavozim yoʻqolgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
23-oktyabr 1953-yil Parij, Fransiya |
Turmush oʻrtogʻi | Marie Derlin Zinsou (?–2019) |
Taʼlim |
École Normale Supérieure London School of Economics |
Hayotining boshlangʻich davri va taʼlim
tahrirZinsouning otasi Beninda (oldingi Dagomeya) tavallud topgan. Zinsouning oʻzi Parijda tugʻilgan va 1968-yildan 1969-yilgacha Dahomeyning prezidenti boʻlgan Émile Derlin Zinsouning jiyani boʻlgan[2]. Bundan tashqari Zinsou École Normale Supérieure va London School of Economics universitetlari bitiruvchisi.
Karyerasi
tahrirZinsou fransuz sotsialistik siyosatchisi Laurent Fabius bilan yaqin aloqa bogʻlagan va 1980-yillarning oʻrtalarida Fabius hukumatda boʻlganida qoʻl ostida ishlagan[3].
Zinsou 2008-yilda PAI Partners investitsiya fondiga qoʻshilishdan oldin Rothschilds bankirlarining hamkori boʻlgan. Shuningdek, u 2006-yildan 2011-yilgacha Benin Prezidenti Yayi Bonining maxsus maslahatchisi boʻlib ishlagan[3].
2013-yilda Benin Respublikasi Ouidah shahrida uning Zinsou Fondi nomli muzeyi ochiladi. Bu Sahroi Kabirdagi (Afrika) birinchi zamonaviy sanʼat muzeyi hisoblanadi[4].
2015-yil 18-iyunda Prezident Yayi Boni Zinsouni Benin Respublikasi Bosh Vaziri etib tayinlaydi. U bilan birgalikda yana 27 nafar hukumat aʼzolari tayinlanadi va Zinsouning yelkasiga mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi javobgarligi tushadi[5]. Vaholanki, Bosh Vazir lavozimi 1990-yilda yaratilgan Benin konstitutsiyasida mavjud emas edi va konstitutsiya kuchga kirganidan keyingi koʻp davrlarda hech kim bu lavozimni egallamagan edi. Shuningdek, bu voqea prezidentning faoliyat muddati tugashiga 10 oydan kamroq vaqt qolganida sodir boʻldi va ikkinchi marta prezidentlikka qayta saylanish taʼqiqlangan edi. Shu sababli baʼzilar Zinsouning bu lavozimga tayinlanishi uni Bonining tanlangan vorisi ekanligidan dalolat berishi mumkinligini aytishdi[3].
2015-yil 1-dekabrda Zinsouning 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Rivojlanayotgan Benin uchun Cowry kuchlari partiyasidan nomzod sifatida qatnashishi eʼlon qilindi. Saylov oldi u qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish va norasmiy ishchilarni rasmiy ish bilan taʼminlashga koʻmaklashishga eʼtibor qaratishini aytib oʻtadi[6].
2015-yil 27-dekabrdagi Benin shimoli-gʻarbidagi Djougou shahriga qilingan tashrif davomida Zinsouning vertalyoti stadionga qulaydi. Ammo u jarohatlanmaydi[7].
Boshqa ishlari
tahrir- Danone, Direktorlar kengashi aʼzosi[8]
- Atos, Direktorlar kengashi aʼzosi (2010-2014)
- Chr. Hansen, Direktorlar kengashi aʼzosi (2009-2011)
- Kaufman & Broad S.A., Direktorlar kengashi aʼzosi (2009-2015)
Manbalar
tahrir- ↑ „Le nouveau président de Terra Nova est un ancien banquier pro-Macron“. Valeurs actuelles (2017-yil 29-iyun). Qaraldi: 2017-yil 29-iyun.
- ↑ Edmond D’Almeida, „Bénin : cinq choses à savoir sur Lionel Zinsou, le nouveau Premier ministre“, Jeune Afrique, 19 June 2015 (fransuzcha).
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Edmond D’Almeida, „Bénin : cinq choses à savoir sur Lionel Zinsou, le nouveau Premier ministre“, Jeune Afrique, 19 June 2015 (fransuzcha).
- ↑ Philippe Dagen, „Benin blazes a trail for African modern art with opening of museum in Ouidah“, The Guardian, 6 January 2014. Retrieved 29 August 2014.
- ↑ „Bénin: Lionel Zinsou nommé Premier ministre“, Radio France Internationale, 19 June 2015 (fransuzcha).
- ↑ „Benin PM Zinsou confirms to run for president in 2016 polls“, Reuters, 2 December 2015.
- ↑ „Benin prime minister unhurt after helicopter crash“, Agence France-Presse, 27 December 2015.
- ↑ Board of Directors Danone.