Lipps Teodor
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
LIPPS (Lipps) Teodor (1851.28.7, Vallxalben, Pfals —1914.17.10, Myunxen) — nemis faylasufi, psixologi. Myunxen psixologiya maktabi asoschisi. V.Vundt va G. Ebbingauz bilan bir qatorda L. 19-asr oxiridagi nemis psixologiyasini tizimga soluvchi hisoblanadi. L. psixologiyani falsafa fanlari — mantiq, axloq va estetikaning asosi deb bildi. Keyinchalik E. Gusserl fenomenologiyasi taʼsirida psixologizmni yengib chiqishga urindi. Sanʼat psixologiyasini ishlab chiqdi. Asosiy asarlari: "Axloqning asosiy masalalari" (ruscha nashri, 1905), "Psixologiya qoʻllanmasi" (ruscha nashri, 1907) va boshqa[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |