Liq-liq
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Liq-liq, xolodets — mol, qoʻy, buzoqlarning kalla-pochalaridan tayyorlanadigan yaxna taom. Mol yoki qoʻyning kalla-pochalari, oyoq qismi kuydirilib, yaxshilab tozalanadi, soʻng boʻlaklarga boʻlinadi, suyaklari esa chopilib, 3—4 soat sovuq suvga solib qoʻyiladi. Goʻshtsuyaklar yaxshilab yuvil-gach, qozonga sovuq suv (1 kg kalla-pochaga 3 l suv hisobida) quyib 6—8 soat davomida sust olovda mildiratib qay-natiladi. Tayyor boʻlishidan 1 soat oldin 1—2 dona sabzi, dafna yaprogʻi, qalampir, sarimsoq, murch va qirqilgan oshkoʻklar solinadi. Masalliq hil-hil boʻlib pishgach, shoʻrva ustidagi yogʻi, dafna yaprogʻi va qalampir olib tashlanadi, goʻsht va paylar esa suyaklardan ajratilib mayda-mayda qilib toʻgʻraladi. Chuqur likopchalarga taqsimlanib (har bir likopchaga yarimtadan qattiq pishgan tuxum ham solish mumkin), soʻngra ustiga shoʻrvasidan quyib, salqin joyda sovitiladi. Tayyor L.-l. oshkoʻklar bilan dasturxonga tortiladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |