Lisa Adams
Lisa Adams (1955-yil) – amerikalik rassom. U oʻzining shaxsiy xayoliy olamlarini yaratish bilan mashhur boʻlgan. Uning ishlari milliy va xalqaro miqyosda namoyish etilgan. LACMA, Eli Broad, San-Xose sanʼat muzeyi, USC Fisher sanʼat muzeyi, Long Beach sanʼat muzeyi, Edvard F.Albi jamgʻarmasi, Frederik jamoat kolleksiyalarida asarlari saqlanadiref name=autogenerated2>„The Frederick R. Weisman Museum“.</ref>[1]. U Kaliforniyada Los-Anjeles markazida yashaydi va ishlaydi.
Lisa Adams | |
Tavalludi | 1955-yil Bristol (Pennsylvania) |
Millati | amerikalik |
Mukofotlari | Fulbright mukofoti, Durfee ARC Grant |
Ijodi va koʻrgazmalar
tahrirDistopik muhitlar va inson tomonidan qurilgan ehtimoldan yiroq tuzilmalar tasvirlarini birlashtirgan Lisa Adams oʻziga xos uslubga ega rassom hisoblanadi[2][3]. Uning ishlari toʻgʻridan-toʻgʻri iqlim oʻzgarishi yoki ekologik ofat natijasida yuzaga kelgan muammolar haqida boʻlmasa-da, uning rasmlari sayyoramizdagi sezilarli oʻzgarishlarga ishora qiladi.
Lisa Adamsning asarlari milliy va xalqaro miqyosda namoyish etilgan. 2010-yildan 2018-yilgacha Los-Anjelesdagi CB1 galereyasida beshta shaxsiy koʻrgazmasi tashkil etilgan. Uning 2013-yildagi „Ikkinchi hayot“ koʻrgazmasi LA Times gazetasida chop etilgan[4][5]. Uning eng soʻnggi shaxsiy koʻrgazmasi „A Piebald Era“ 2019-yilning 12-yanvaridan 17-fevraliga qadar Los-Anjeles markazidagi Garis&Hahnda boʻlib oʻtdi[6].
Ijodining dastlabki davri
tahrirAdams oʻn yoshida Salvador Dalining „Xotira Abadiyligi“ asarini koʻrgandan soʻng rassom boʻlishni orzu qilgan. U, shuningdek, oʻn uch yoshida Charles va Ray Eamesning „Oʻnlik kuchlari“ qisqa metrajli filmi va Karl Benjaminning obʼektiv boʻlmagan rasmi hayratda qoldirganini eslaydi.
1981-yilda Claremont Graduate universitetini tugatgandan koʻp oʻtmay Adams Nyu-Yorkga koʻchib oʻtdi.
1985-yilda u Los-Anjelesga qaytib keldi va rassomlik faoliyatini davom ettirdi. Adams oʻn yildan koʻproq vaqt davomida mavhum ranglardan va linoleum hamda laklash kabi noanʼanaviy badiiy materiallar bilan tajriba oʻtkazgan. Shuningdek, u oʻz rasmlarida poʻlat va shaklli panellarni ajralmas element sifatida qoʻshib, payvandlash va yogʻoch ishlov berishni oʻrgandi. U sanʼat asarining ushbu gibrid shaklidagi tadqiqotlarini rivojlantirdi. 2000-yillarning boshida Adams tajriba oʻtkazish uchun Durfee ARC Grantda ishga qabul qilindi[7].
Mukofotlari
tahrirLisa Adams Fulbright va Durfee ARC Grant mukofotlarini qoʻlga kiritgan.
Qoʻshimcha oʻqish uchun
tahrir- Adams, Lisa, James Scarborough, and Ezhra Jean Black. "Lisa Adams: Vicissitude of Circumstance". Los Angeles: ZERO+ Publishing (2011). ISBN 1937222020
- Multiple authors. "F M*". Venice: Peeps' Island Press (1999). ISBN 0966943406
- Saline, Carol, Dawn Sheggeby, and Sharon J. Wohlmuth. A Day in the Life of the American Woman: How We See Ourselves. New York: Bulfinch (2005). ISBN 0821257064
Manbalar
tahrir- ↑ „Laguna Beach, CA —“. Laguna Art Museum. Qaraldi: 2013-yil 28-noyabr.
- ↑ „Lisa Adams | Artist“. Lisamakesart.com. Qaraldi: 2013-yil 28-noyabr.
- ↑ „Press - Lisa Adams“. lismakesart.com. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
- ↑ „Press Release - Lisa Adams“. garisandhahn.com. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
- ↑ „Review: Lisa Adams' 'Second Life' sets off on an engaging journey - Los Angeles Times“. Los Angeles Times (2013-yil 12-aprel). Qaraldi: 2013-yil 28-noyabr.
- ↑ „Portfolio - Lisa Adams“. garisandhahn.com. 2019-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
- ↑ „The Durfee Foundation“. Durfee.org. Qaraldi: 2013-yil 28-noyabr.