Lisandro Martínez (talaffuzi: Lisandro Martines) – argentinalik futbolchi, Angliyaning „Manchester United“ klubi va Argentina terma jamoasi himoyachisi.

Lisandro Martínez
Martínez playing for Manchester United in 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lisandro Martínez[1]
Tavallud sanasi 18-yanvar 1998-yil (1998-01-18) (27 yosh)[2]
Tavallud joyi Gualeguay, Argentina
Boʻyi 1.75 m[2]
Ampluasi Centre-back
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002–2006 Club Urquiza
2006–2014 Club Libertad
2014–2017 Newell's Old Boys

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Martines „Newell’s Old Boys“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017-yil 28- iyunda „Godoy Kruz“ga qarshi oʻyinda Argentina Primerasida debyut qildi[3]. Oʻsha yili Martines oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Defensa e Justicia“ klubiga ijaraga berildi. 14-oktyabr kuni „San-Lorenso“ga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qildi[4]. 5-noyabr kuni Temperliga qarshi duelda „Lisandro Defensa“ va „Justicia“ uchun birinchi golini urdi[5]. 2018-yilning yozida klub Martinesning transferini 550 ming yevroga sotib oldi.

2019-yil 20-may kuni Martines Amsterdamning „Ajax“ klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[6]. Transfer summasi 7 million yevroni tashkil qildi. 3-avgust kuni „Vitess“ga qarshi oʻyinda u „Erediviziya“da debyut qildi[7]. 28-sentabr kuni „Groningen“ga qarshi bahsda Lisandro „Ajax“ safidagi ilk golini urdi[8]. Klub bilan Martines ikki marta ligada gʻolib chiqdi va Gollandiya kubogini qoʻlga kiritdi.

Milliy terma jamoa safida

tahrir

2017-yilda Martines Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi[9][10]. Turnirda u Ekvador, Urugvay va Venesuela jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12].

2017-yilda Martines Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmadi.

2019-yil 22-mart kuni Martines Argentina terma jamoasi safida Venesuelaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi[13].

2021-yilda Martines Amerika kubogini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Boliviya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[14].

Statistikasi

tahrir
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Kontinental Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Newell’s Old Boys 2016-2017 1 0 0 0 1 0
2017-2018 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 1 0 0 0 0 0 1 0
Defensa y Justicia (ljara) 2017-2018 21 1 1 0 2 0 24 1
Defensa y Justicia 2018-2019 25 2 0 0 2 0 7 0 34 2
Jami 46 3 1 0 2 0 9 0 58 3
Ajax 2019-2020 24 2 4 0 12 0 41 2
2020-2021 26 3 5 0 11 0 42 3
2021-2022 24 1 4 0 8 0 37 1
Jami 74 6 13 0 31 0 120 6
Manchester United 2022-2023 10 0 0 0 0 0 4 0 14 0
Umumiy karyerasida 131 9 14 0 2 0 44 0 193 9

Xalqaro statistikasi

tahrir
Milliy jamoas Mavsum Oʻyin Gollar
Argentina 2019 1 0
2020 0 0
2021 3 0
2022 5 0
Jami 9 0

Yutuqlari

tahrir

Jamoaviy yutuqlari

tahrir

Ajax

  • Gollandiya chempioni (2): 2020-2021, 2021-2022
  • Gollandiya kubogi sohibi: 2020-2021
  • Gollandiya Superkubogi sohibi: 2019-yil

Argentina terma jamoasi

  • Amerika kubogi sohibi: 2021-yil
  • Final gʻolibi: 2022-yil

Manbalar

tahrir
  1. „UEFA Champions League 2021/2022: Booking List before Round of 16 Second Leg“. UEFA. 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Lisandro Martínez: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  3. „Ньюэллс Олд Бойз VS. Годой-Крус 0:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-iyun). 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-aprel.
  4. „Сан-Лоренсо VS. Дефенса и Хустисия 3:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 14-oktyabr). 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-aprel.
  5. „Темперлей VS. Дефенса и Хустисия 1:4“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-noyabr). 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-aprel.
  6. „Ajax verzekert zich van komst Argentijn Lisandro Martínez.“ (nl). ajax.nl. Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  7. „Витесс VS. Аякс Амстердам 2:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 3-avgust). 2022-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  8. „Аякс Амстердам VS. Гронинген 2:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 28-sentyabr). 2022-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  9. „Эквадор (до 20) VS. Аргентина (до 20) 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 6-fevral). 2017-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-aprel.
  10. „Уругвай (до 20) VS. Аргентина (до 20) 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 31-yanvar). 2017-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-aprel.
  11. „Аргентина (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-yanvar). 2017-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-aprel.
  12. „Аргентина (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 11-fevral). 2017-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-aprel.
  13. „Аргентина VS. Венесуэла 1:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 22-mart). 2019-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-aprel.
  14. „Боливия VS. Аргентина 1:4“ (en). soccerway.com (2021-yil 29-iyun). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.

Havolalar

tahrir