Lise Abrams(talaffuzi:  Liza Abrams) — amerikalik psixolog. Hozirgi kunda professor Lisa Abrams Pomona kollejining tilshunoslik va kognitiv fanlar kafedrasida tilshunoslik va kognitiv psixologiya fanlari boʻyicha professor sifatida faoliyat yuritadi[1].

Lise Abrams
Tavalludi
Fuqaroligi amerikalik
Sohasi kongnitiv psixologiya
Ilmiy darajasi

Professor,

magistr, fan doktori
Mashhur ishlari til va xotira jarayonlari,til uchining holati, nutqni rivojlantirish va uni tushunish hamda ikki tillilik boʻyicha tadqiqotlar
Mukofotlari Sigma Xi Young Investigator ( Sigma Xi yosh tadqiqotchi) mukofoti

Taʼlim

tahrir

Lisa Abrams 1991-yilda Pomona kollejini tamomlab, psixologiya va matematika fanlari boʻyicha ikki tomonlama mutaxassislik bakalavr darajasini oldi. Lisa Abrams keyinchalik Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida tahsil oldi va kognitiv psixologiya sohasi boʻyicha 1992-yilda magistr darajasini, 1997-yilda esa doktorlik darajasini oldi.

Faoliyati

tahrir

Universitetda oʻqishni tamomlaganidan soʻng, Lisa Abrams Florida universitetining psixologiya fakultetida faoliyat olib bordi. Lisa Abrams Florida universitetining psixologiya fakultetida 2018-yilgacha ishladi. Undan soʻng, Lise Abramsga Pomona kollejidan ish taklif qilindi. Shundan soʻng, Lisa Abrams Pomona kollejida professor sifatida oz faoliyatini davom ettirdi[2][3].

Lisa Abrams yosh bolalar, oʻsmirlar va katta yoshdagi kishilarda til va xotira jarayonlari, jumladan, til uchining holati, nutqni rivojlantirish va uni tushunish hamda ikki tillilik boʻyicha tadqiqotlar olib bordi[4]. Lise Abramsning keng tadqiqotchilik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari kognitiv psixologiya sohasida katta yangilik boʻlgan. Shuningdek, Lisa Abrams Amerikadagi Psixologiya fanlari assotsiatsiyasi[5], Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi[6] va Amerika Gerontologik jamiyatining aʼzosi hisoblanadi[7]. Lisa Abrams 2007-yilda „Sigma Xi Young Investigator Award“ (Sigma Xi yosh tadqiqotchi) mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Lise Abrams“. Pomona College (2018-yil 16-iyul). Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
  2. „Faculty Spotlight: Dr. Lise Abrams“. University of Florida. 2019-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
  3. „Lise Abrams“. Pomona College (2018-yil 16-iyul). Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
  4. „Lise Abrams“. Pomona College (2018-yil 16-iyul). Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
  5. „APS Fellows“. 2020-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
  6. Renowned psychologists elected to fellow status. 49. January 2018. p. 30. 
  7. „GSA Current Fellows“. Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.

Havolalar

tahrir