Lissabon universiteti (1911–2013)

Lissabon universitetiPortugaliyadagi qad. va yirik universitetlardan biri. 1290-yil qirol Dinish I ning farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Bir necha marta Lissabondan Koimbruga koʻchirilgan, 1911-yil qayta tiklangan. Arxeologiya, geogr., tarix, psixologiya, filol., falsafa, pedagog, tibbi-yot, huquq, geol., matematika va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 17 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil