Fyodor Petrovich Litke (1797.17.9 — Peterburg — 1882.8.8) — rus dengizchi sayyohi va geografi. Arktikani tadqiq qilgan. Graf (1866), admiral (1855), Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi (1829), faxriy aʼzosi (1855) va prezidenti (1864). Bir necha rus va xorijiy ilmiy muassasalarning faxriy aʼzosi, Parij Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi. 1817—19 yillarda V. M. Golovnin rahbarligida dunyo aylana sayohatda ishtirok etgan. 1821—24 yillarda Novaya Zemlya o.lari sohillarini, Barens va Oq dengizlarni tadqiq etgan ekspeditsiyaga boshchilik qilgan. 1826—29 yillarda dunyo aylana ekspeditsiyaga rahbarlik qilib, Bering dengizi sohillarini oʻrgangan. Karolina arxipelagidagi 12 orolni kashf qildi. L. Rossiya Geografiya jamiyatiga 1845 — 50 va 1857—72 yillarda rahbarlik qilgan. 1873-yilda Rossiya Geografiya jamiyati L. nomida Katta oltin medal taʼsis etdi. Novaya Zemlya o.laridagi burun, yarim orol, tog va qoʻltiq, Frans-Iosif Yeridagi orol va boshqa L. nomiga qoʻyilgan.

Manbalar

tahrir
  • Chetirexkratnoye puteshestviye v Severniy Ledovitiy okean na voyennom brige "Novaya Zemlya" v 1821 — 1824 godax, 2 izd., M., 1948; Puteshestviye vokrug sveta na voyennom shlyupe "Senyavin" v 1826—29 gg ., 2 izd., M., 1948.

Adabiyot

tahrir
  • Alekseyev A. I ., Fyodor Petrovich Litke, M., 1970.