Kichraytirish, litotaistiora turlaridan biri. Oʻzbek mumtoz adabiyotida: tafrit, tasgʻir (moʻtadillikdan pastki holat). Kichraytirish 2 narsa, hodisa yoki tushuncha oʻrtasidagi umumiy va juzʼiy xususiyatlarga asoslanadi, ularning hajm, vaqt, oʻlchov jihatlari qiyosan kichraytiriladi. Mubolagʻaning aksi. Tasvir obyektini oʻta kichik, zaif qilib ifodalash orqali uning mohiyati taʼkidlanadi. Shuningdek, tasvirga haddan tashqari koʻtarinkilik, satirik va yumoristik ruh berish uchun ham qoʻllanadi. Kichraytirish leksik jihatdan oʻxshatish, sifatlash, istioraga asoslanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil