Lloyd Jeyms Ostin III (inglizcha: Lloyd James Austin III 1953-avgust 8-yil 1953-yilning 8-avgustida AQShning Alabama shtatida dunyoga kelgan amerikalik davlat arbobi va harbiy yetakchisi, AQSh armiyasi generali, 2013-2016-yillarda — AQSh Markaziy qoʻmondonligi rahbari. 2020-yil 7-dekabrda Ostinning Jo Bayden kabinetida AQSh mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanishi eʼlon qilingan. 2021-yil 22-yanvarda u AQSh Senati tomonidan AQSh Mudofaa vaziri lavozimiga tasdiqlangan.

Hayoti

tahrir

Lloyd Jeyms Ostin III 1953-yil 8-avgustda Alabama shtatining Mobile shahrida dunyoga kelgan. Lloyd Ostin Jorjiyada voyaga yetgan. U 1975-yil iyun oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy Akademiyasini (Vest Point) bakalavr darajasi bilan tamomlagan. Shu bilan birgalikda Ostin Auburn universitetida taʼlim boʻyicha magistr darajasini va Webster universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha magistr darajasini olgan.

 
General Lloyd Ostin

AQSh armiyasi qoʻmondonligi va bosh shtabi kolleji va AQSh armiyasi harbiy kollejini tagatgan.

Vest-Poyntni tugatgandan soʻng, Ostin leytenant unvonini olgan. Va shundan keyin unga yuklatilgan ilk vazifa Germaniyadagi 3-(mexanizatsiyalashgan) piyodalar diviziyasida boʻlib, u yerda 1-batalyon miltiq otryadi komandiri, 7-piyoda polkida va razvedka rotasi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan. Ilgʻor piyoda ofitserlar tayyorlashni tugatgandan soʻng, u Shimoliy Karolina shtatidagi Fort Bragg shahridagi 82-havo-desant diviziyasiga joʻnatilgan, u yerda 2-batalyon (havo-desant) jangovar yordam kompaniyasi 508-piyoda polkiga qoʻmondonlik qilgan va komandir yordamchisi boʻlib faoliyat yuritgan.

Keyinchalik u 1- brigada, 10-togʻ diviziyasi qoʻmondoni etib tayinlangan, keyinroq Nyu-Yorkdagi Fort Drumda diviziyaning rejalashtiruvchisi, oʻqitish, safarbarlik va xavfsizlik boʻyicha ofitseri etib tayinlandi.

 
Polkovnik Lloyd Ostin 1998-yil

2006-yil 8-dekabrda Ostin general- leytenant lavozimiga koʻtarildi va Shimoliy Karolina shtatidagi Fort Bragg 18-havo desant korpusiga qoʻmondonlikni qabul qilib olgan.

2009-yil avgust oyida Ostin Birlashgan shtab boshliqlari qoʻmitasi direktori (rais yordamchisi) etib tayinlangan.

2012-yil yanvar oyida Ostin AQSh armiyasi shtab boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan[1].

2013-yil mart oyida Ostin Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy qoʻmondonligining qoʻmondoni etib tayinlangan[2][3].

U bu lavozimda 2016-yilning mart oyiga qadar faoliyat yuritgan hamda undan keyin Qurolli Kuchlar safidan nafaqaga chiqqan[4].

Isteʼfoga chiqqanidan soʻng, u Raytheon Technologies boshqaruv kengashi aʼzosi boʻldi[5].

Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vaziri

tahrir
 
Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin IIIning Braziliyaga tashrifi, 2022-yil iyul.

2020-yil 7-dekabrda Ostin Baydenning boʻlajak kabinetida Mudofaa vaziri boʻlishi eʼlon qilindi. Hamda 2021-yil 22-yanvarga kelib, AQSh Senati ushbu nomzodni aynan shu lavozimga tasdiqladi.

Sovrinlar va mukofotlari

tahrir
  •   Mudofaa vazirligining „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
  •   AQSh armiyasining xizmatlari uchun medali
  •  
    General Lloyd Ostin, 2021-yil.
      Silver Star (AQSh)
  •   „Buyuk xizmatlari uchun“ medali (AQSh)
  •   Faxriy legion ordeni
  •   „Buyuk xizmatlari uchun“ medali (AQSh)
  •   Maqtovli xizmat medali (AQSh)
  •   „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
  •   Armiya xizmatlari uchun medali
  •   Armiya yutuqlari medali
  •   Usta piyoda askar nishoni
  •   Parashyutchi nishoni

Manbalar

tahrir
  1. „Austin sworn in as vice chief of staff“ (2013-yil 12-mart). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
  2. „General Lloyd J. Austin III Retires“. Black Engineer.com (2016-yil 11-aprel). 2016-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-may.
  3. „Looking back for the way ahead: An interview with Retired Gen. Lloyd Austin“ (en) (2018-yil 2-yanvar). 2020-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  4. Callahan, Guv „A Soldier's Soldier“ (2016-yil 8-aprel). 2016-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-may.
  5. Lipton, Eric; Vogel, Kenneth P.; LaForgia, Michael. „Biden's Choice for Pentagon Faces Questions on Ties to Contractors“ (en). The New York Times (2020-yil 9-dekabr). 2020-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.

Havolalar

tahrir