Lobnor
Lobnor, Qoraqoʻshun — Xitoyning gʻarbiy qismidagi oqmas koʻl. Tarim tekisligining sharqida, 780 m balandlikda joylashgan. Koʻlga Koʻnchi-daryo va Tarim daryolari quyiladi. Ulardan keladigan suvning miqdoriga qarab L. ning oʻrni, maydoni va shoʻrligi oʻzgarib turadi. Suv koʻpayganda maydoni 3 ming km² (9— 10-asrlarda 14 ming km² ga yetgan), uz. 100 km, oʻrtacha chuq. 1 m. Koʻlning sohillari shoʻrxok va botqoqlashgan. noyabrdan martgacha koʻp qismi tubigacha muzlaydi. Baʼzi yillari Tarim daryosi jan.ga burilib, Cherchen daryosi bilan qoʻshiladi va L.dan 100–150 km jan.-gʻarbdagi Qoraqoʻshun koʻliga quyiladi. Bunday vaqtlarda L. qurib qoladi. L.ni oʻrganish Markaziy Osiyodagi oʻzani va oʻrni vaqt-vaqti bilan siljib turuvchi daryo va koʻllar muammosini hal qilishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |