Lolaluchchak shaftoli navi. Samarqand mevachilik seleksiya styasida mahalliy sariq Nektarin navini Arp-Byuti va Sariq Oylor navlari gul changlari aralashmasi bilan changlab chiqarilgan (A. S. Cherevatenko). Daraxti oʻrtacha usadi, balandligi 4—4,5 m, sovuqqa chidamli. Daraxti oʻtqazilganidan keyin 2—3-yili hosilga kiradi. 5—6-yili 1 tupi 75–90 kg meva beradi. Shoxshabbasi keng piramida shaklida. Barglari nashtarsimon, toʻq yashil. Guli yirik. Mevasi silliq, tuksiz, oʻrtacha 60—70 g, dumaloq, usti toʻq qizil, iyul oxirida pishadi. Eti sariq, sersuv, sal nordon, danagidan yaxshi ajraladi. Tarkibida 12—14% kand, 0,75% kislota bor. Mevasi, asosan, yangiligida yeyiladi, konserva va qoqi qilinadi. Ekilgan danagidan chiqqan koʻchatlarning 60% dan koʻprogʻida nav xususiyatlari saqlanib qoladi (payvandlashga ehtiyoj qolmaydi). Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida, Tojikistonda rayonlashtirilgan, Moldova va Bolgariyada ham oʻstiriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil