Lola Ahmedova
Lola Ahmedova (1983-yil 2-iyul, Surxondaryo, OʻzSSR) — oʻzbek aktrisasi va xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[1][2].
Lola Ahmedova | |
---|---|
Tavalludi |
2-iyul 1983-yil |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
Kasbi | Xonanda |
Otasi | Ahmedov Baxtiyor |
Onasi | Ahmedova Dilbar |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirLola Ahmedova 1983-yil 2-iyulda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Otasi Ahmedov Baxtiyor Gapparovich rassom, onasi Ahmedova Dilbar Amanqulovna jurnalist boʻlishgan. Lola Ahmedova bolaligidan musiqaga mehr qoʻygan. U maktab tadbirlarida qatnashishni va sahnada qoʻshiq aytishni yoqtirardi[3]. U oilasi bilan Toshkentga koʻchib kelganida ilk bor „Birgalikda kuylaymiz“ televizion tanlovida qatnashgan va final bosqichida ishtirok etgan. 1997-yilda Toshkent madaniyat kollejiga oʻqishga kirgan. Lola birinchi musiqiy taʼlimni shu texnikumda olgan. Uning birinchi ustozi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Gulshod Otaboeva „lapar“ sirlarini oʻrgatgan. 2001-yilda Oʻzbekiston konservatoriyasiga oʻqishga kirgan.
Lolaning ijodiy yoʻnalishi paydo boʻla boshlagan. 2003-yilda „Aziz on yurt navolari“ tanlovida 3-oʻrinni egallab, „Buni hayot deydilar“ qoʻshigʻi gʻolibi boʻldi. „Vatan himoyachilari kuni“, „Navroʻz“, „Mustaqillik“ kabi turli ommaviy tadbirlarda muntazam qatnasha boshlagan.
100 dan ortiq qoʻshiqlarni ijro etgan Lola 4 ta albomini ham oʻz muhlislariga havola eta oldi, bular „Yolgʻizginam“, „Devona“, „Begim“, „Biznikidir dunyolar“kabilardir. 2004-yilda boʻlib oʻtgan „Aziz ona yurtim navolari“ koʻrik tanlovida birinchi oʻrinni egallagan. 2006-yil esa „Nihol“ mukofoti sovrindori boʻlgan. Lola 2010-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan. Qoʻshiq kuylash bilangina cheklanib qolmagan, Lola 2004-yil rejissyor Axad Farmonovning „Muhabbatimsan“ filmida bosh rolni, Raʼno obrazini ijro etgan.
Konsertlari
tahrirDiskografiya
tahrirMukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Lola Ahmedova“. bazm.uz. bazm.uz. Qaraldi: 20-iyul 2024-yil.
- ↑ „“Shahlo meni bloklab qo‘ygan”. Lola Ahmedova xonanda singlisini Instagram’da kuzatmasligi va sevib turmush qurganidan afsuslanishi haqida“. daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 20-iyul 2024-yil.
- ↑ „LOLA AHMEDOVA“. muz.uz. muz.uz. Qaraldi: 20-iyul 2024-yil.