Lola (Lobar) Ikromovna Islomova (1971-yil 19-iyun, Toshkent) — oʻzbek jurnalisti, muxbir va muharrir, publisist.

2014-yilda u Anhor.uz axborot-tahliliy sayti bosh muharriri, 2016-yilda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining “Yilning eng yaxshi jurnalisti” mukofoti, “Oltin qalam” maxsus mukofotlari sovrindori.

Tarjimai hol

tahrir

L.Islomova Toshkent san’at instituti (Ayni kundagi Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining sosiologiya fakulteti, jurnalistika oliy kurslarini tamomlagan.

Lola "Grand" radiosida muxbir, "Maxima", "Vodiy-sadosi" radiostansiyalari tahririyatlarini boshqargan va “Zdravstvuyte!” salomatlik jurnalini nashr etgan.

L.Islomova 2014-yildan buyon Anhor.uz axborot-tahliliy sayti tahririyatini boshqarib kelmoqda.

U 2005-yildan buyon Toshkentdagi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazida media-trener boʻlib ishladi. Jurnalistlar uchun “OITS, ITS: jurnalistika mif va stigmatizasiyaga qanday qarshi tura oladi”, “Ommaviy axborot vositalarida sil kasalligini yoritish”, Oʻzbekiston hokimliklari axborot xizmatlari uchun “Xalq bilan samarali muloqot” qoʻllanmalari[sayt ishlamaydi] muallifi sanaladi.

L.Islomova “Internetda soʻz erkinligi va terrorizmga olib keladigan zoʻravon ekstremizm va radikallashuvga qarshi kurashish” mavzusidagi YXHTning terrorizmga qarshi kurash boʻyicha konferensiyasining yillik ekspert seminarining doimiy a’zosi.

Bundan tashqari, Lola Islomova Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasining ijtimoiy media boʻlimi eksperti. YUNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi OAVda bolalar huquqlarini yoritish boʻyicha milliy eksperti.

2015-yilda L.Islomova “Korrupsiyaga qarshi kurashishni yorituvchi eng yaxshi material uchun” nominasiyasi boʻyicha “Ochiq muloqot” xalqaro tashkiloti tomonidan maxsus mukofot bilan taqdirlangan.

2016-yilda “Oltin qalam” Milliy mukofoti doirasida “Qonun ustuvorligini yorituvchi eng yaxshi materiallar uchun” nominasiyasida “Ochiq muloqot” xalqaro tashkilotining maxsus mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Xuddi shu yili L.Islomova Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining “Yilning eng yaxshi jurnalisti” mukofotiga sazovor boʻldi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Итоги премии „Олтин Калам“
  2. Главный редактор Anhor.uz Лола Исламова — о принципах и сложностях качественной журналистики (Wayback Machine saytida 2022-05-18 sanasida arxivlangan) Themag.uz