Lola Karimova-Tillayeva
Lola Islomovna Karimova-Tillayeva (Lola Islomovna Karimova-Tillaeva; 1978-yilda Toshkentshahrida tavallud topgan) – Oʻzbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi.
Lola Karimova Tillayeva | |
---|---|
Tavalludi |
3-iyul 1978-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Turmush oʻrtogʻi | Timur Tillayev |
Bolalari | oʻgʻli - Umar , qizi - Maryam |
Otasi | Islom Karimov |
Onasi | Tatyana Akbarovna Karimova |
Veb-sayti | lolakarimova.com |
Biografiyasi
tahrirLola Karimova-Tillaeva 1978-yil Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida tavallud topdi. U Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida „Xalqaro huquq“ yoʻnalishi boʻyicha bakalavr va magistrlik darajasini oldi, soʻngra Toshkent davlat universitetida psixologiya fanlari nomzodi darajasiga ega boʻldi.
Faoliyati
tahrirOʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillaeva mamlakatning koʻp asrlik merosini Yevropada tanitishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Bundan asosiy maqsad esa tamaddunlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashda va ularning qadriyatlarini hurmat qilishda koʻmaklashishdir.
Karimova-Tillaeva taʼlim va sportni qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birga ikki yirik hayriya tashkilotlarning boshligʻi sifatida, yetim va nogiron bolalarga yordam berish faoliyati bilan Oʻzbekistonda tanilgan.
UNESCO elchisi
tahrirLola Karimova-Tillaeva 2008-yilning yanvar oyida YUNESKOdagi Oʻzbekistonning Doimiy vakili vazifasiga tayinlangan. Karimova-Tillaeva hamda uning safdoshlari madaniyatlaroro muzokaralarning ilgari surish hamda rivojlanishiga Oʻzbekistonning boy maʼnaviy va madaniy-tarixiy merosi borasida Yevropa jamoatchiligining xabardorligini oshirish yoʻli orqali oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar.[1]
„Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi“ degan tushuncha keng tarqalgan bir paytda, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi elchisi faoliyati jarayonida, Lola Karimova-Tillaeva Gʻarb hamda musulmon olami oʻrtasidagi dialogni yanada olgʻa surish, mavjud tushunmovchiliklarni hamda destruktiv stereotip va yanglishishlarni bartaraf qilish uchun kerakli shart-sharoit yaratishlikda taʼlim va madaniyatlararo hamfikrlikni ilgari surishni muhim vosita sifatida tan olib, bunga koʻproq ahamiyat berishga intilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ ЮНЕСКО ЭЛЧИСИ, 2013-06-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-04
Havolalar
tahrirVikiomborda Lola Karimova-Tillayeva haqida turkum mavjud |