Lord Voldemort
Lord Voldemort (filmlarda /ˈvoʊldəmɔːr/, /-mɔːrt/[1]) — Tom Marvolo Riddlening taxallusi, yozuvchi J. K. Rowling qalamiga mansub Harry Potter turkum romanlaridagi obraz va yovuz bosh qahramon. Bu obraz birinchi marta 1997-yilda nashr etilgan Harry Potter va hikmatlar toshi kitobida paydo boʻlgan, faqatgina uchinchi kitob — Harry Potter va Azkaban mahbusidan tashqari har bir kitobda va kitob asosida suratga olingan filmda qatnashgan yoki bevosita eslab oʻtilgan — oʻsha asarda u faqat eslatib oʻtilgan.
Lord Voldemort | |
---|---|
Harry Potter obrazi | |
Ilk bora koʻringan | Harry Potter va hikmatlar toshi (1997) |
Soʻnggi bora koʻringan | Harry Potter va ajal tuhfalari (2007) |
Muallif(lar) | J. K. Rowling |
Ovoz bergan(lar) |
Eddie Izzard (The Lego Batman Movie) Liam O'Brien (Lego Dimensions) |
Umumiy maʼlumotlar | |
Toʻliq ismi | Tom Marvolo Riddle |
Oilasi |
Tom Riddle (otasi) Merope Riddle née Gaunt (onasi) |
Qarindoshlari |
Thomas Riddle (ota tarafdan bobosi) Mary Riddle (ota tarafdan buvisi) Marvolo Gaunt (ona tarafdan bobosi) Morfin Gaunt (ona tarafdan buvisi) |
Millati | britan |
Slytherin | |
Tugʻilgan sanasi | 31-dekabr 1926-yil |
Vafot sanasi | 2-may 1998-yil |
Voldemort bashoratga koʻra „Yovuz Hukmdorni yengishga qodir boʻlgan bolakay“ — Harry Potterning ashaddiy dushmani. U bolani oʻldirmoqchi boʻladi, lekin buning oʻrniga ota-onasi Lily va James Potterni oʻldiradi va Harryning peshonasida chaqmoq shaklida chandiq qoldiradi. Deyarli hech bir jodugar yoki sehrgar uning ismini aytishga jur’at eta olmaydi, uning oʻrniga „oʻzingiz bilasiz kimligini“, „ismi aytilmasligi kerak boʻlgan inson“ yoki „yovuz hukmdor“ kabi laqablar bilan unga murojaat qiladi. Voldemortning qon tozaligiga boʻlgan ishtiyoqi uning sehrgarlar dunyosini muggle (sehrli boʻlmagan) qavmidan xalos qilish va sof qon hukmronligiga erishish uchun ikkala dunyo — sehrgarlar va mugglelar dunyosini zabt etish maqsadini anglatadi. Onasining oilasi tomonidan u Hogwarts jodugarlik va sehrgarlik maktabining toʻrtta asoschilaridan biri — sehrgar Salazar Slytherinning soʻnggi avlodi.[2][3] U bir gala yovuz sehrgarlar va jodugarlar — sehrgarlar dunyosini sehrgar boʻlmaganlardan xalos qilish va Voldemortni uning oliy hukmdori sifatida belgilagan guruh — Ajal kasofatlarining rahbari.
1999-yilda bergan intervyusida Rowling Voldemortni Harry Potterning dushmani sifatida yaratganini va u dastlab Voldemortning hikoyasini ataylab aytmaganini bildiradi. „Asosiy gʻoya [Harry] oʻzining sehrgar ekanligini bilmaganligi edi… Va shuning uchun men bu qanday boʻlishi mumkinligini, u oʻzining kim ekanligini bilmasligini bilish uchun oʻsha pozitsiyadan orqaga qarab ishladim… U bir yoshga toʻlganda, yuzlab yillar davomida eng yovuz sehrgar uni oʻldirishga harakat qildi. U Harryning ota-onasini oʻldirdi, keyin esa Harryni oʻldirmoqchi boʻldi — uni laʼnatlashga urindi… Biz bilishimizdan oldin Harry buni bilib olishi kerak. Va shunday boʻldi — lekin qandaydir sirli sabablarga koʻra tavqi laʼnat Harryga taʼsir qilmadi. Shunday qilib, uning peshonasida chaqmoq shaklidagi chandiq qoldi va tavqi laʼnat oʻshandan beri yashirinib yurgan yovuz sehrgarga qaytadi“.[4]
Manbalar
tahrir- ↑ Takahama, Valerie „Enchanted with Potter Literature: Fans line up for hours to get their books signed“. The Orange County Register. Santa Ana, California: Digital First Media (26-oktabr 1999-yil). Qaraldi: 28-dekabr 2006-yil.
- ↑ Rowling, J. K. „The Heir of Slytherin“, . Harry Potter va maxfiy hujra. Bloomsbury, 1998. ISBN 0747538492.
- ↑ Rowling, J. K. „Lord Voldemort's Request“, . Harry Potter va tilsim shahzodasi. Bloomsbury, 2005. ISBN 0747581088.
- ↑ „J.K. Rowling on The Diane Rehm Show“. WAMU Radio Washington, D.C. (20-oktabr 1999-yil). Qaraldi: 15-avgust 2007-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Lord Voldemort haqida turkum mavjud |
- Lord VoldemortHarry Potter Lexicon saytida (ingl.)