Loren Brooks Pope (13-iyul 1910-yil23-sentyabr 2008-yil) — amerikalik yozuvchi va ilmiy maslahatchi[1], koʻpchilikka maʼlum va mashhur boʻlgan Colleges That Change Lives (Hayotni oʻzgartiradigan kollejlar) asari muallifi[2]. Shuningdek, u The New York Times gazetasining muharriri boʻlgan.

Loren Brooks Pope
Tavalludi 13-iyul 1910-yil
Vafoti 23-sentyabr 2008-yil(2008-09-23)
(98 yoshda)
Kasbi yozuvchi, ilmiy maslahatchi
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Alma mater DePauw universiteti

Hayoti va faoliyati

tahrir

Loren Pope Minnesota shtatining Minneapolis shahrida tugʻilgan. Uning bolaligi Virginiyaning shimoda oʻtgan. U respublikachilar oilasida ulgʻayganligi sababli demokrat boʻlgan[2]. Loren Pope DePauw universitetida taʼlim olgan[2]. U Charlotte Swart Pope va Ida Wallace Popelar bilan turmush qurib, soʻng ajrashgan. Pope Viola Barrett Greenland Pope bilan 24 yil yashagan va 96 yoshida ajrashgan[3].

Loren Pope 1965-yilda kollejga qabul qilish byurosini tashkil qilgan. Bu Qoʻshma Shtatlardagi birinchi mustaqil kollejga qabul qilish maslahat markazi boʻlgan[2].

Uning ilk kitobi „The Right College: How to Get In, Stay In, Get Back In“ (Macmillan, 1970) nashr etilganidan keyin „Twenty Myths That Can Jinx Your College Choice“ nomli milliy sindikatlangan maqolasining bir qismi „The Washington Post Magazine“ va „Reader's Digest“ jurnalida chop etilgan. Shundan keyin u ikkinchi asari „Looking Beyond the Ivy League: Finding the College That’s Right for You (Penguin, 1995)“ni yozgan va bir necha yillardan soʻng uni ham nashr qildirgan. Pope 1939-yilda Pope–Leighey uyini qayta taʼmirlattirgan. Ushbu uy Frank Lloyd Wright tomonidan Falls Church (Virginia)da qurilgan va oʻziga xos tarzda jihozlangan edi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Loren Pope, 98, journalist and education consultant
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Finder, Alan „A Fighter for Colleges That Have Everything but Status“. The New York Times (2007-yil 28-fevral). Qaraldi: 2015-yil 10-may.
  3. 3,0 3,1 Hutchinson, Carol. „College Consultant Loren Pope; Commissioned a Wright House“ (2008-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.