Lorisimonlar (Lorisidae) - sush emizuvchilar sinfining chala maymunlar oilasi. 4 urugʻi maʼlum. Jumladan, xipcha lori (1 tur) va yoʻgʻon lori (2 tur) Jan.-Sharqiy Osiyoda, boshqa 2 urugʻi Afrikada tarqalgan. Xipcha lori gavdasining uzunligi 20—25 sm, juni sargʻishkulrang, dumi boʻlmaydi. Yoʻgʻon lori gavdasining uzunligi 18—40 sm, juni malla yoki kumusheimon yaltiroq, dumi juda kalta. L. — tungi hayvonlar, baʼzan yalqovlarga oʻxshab daraxtlarga osilib oladi. Bitta bola tugʻadi. Meva, qushlar tuxumi va hasharotlar bilan oziqlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil