Hayot-mamot (teleserial)

(Lost (teleserial)dan yoʻnaltirildi)

Hayot-mamot (inglizcha: Lost, oʻzbekchaga tarjima qilinganda „yoʻqolgan“ yoki „adashgan“ maʼnosini beradi), AQShdagi ABC televizion kanaliga oid serialdir. Hayot-mamot teleseriali 2004-yilning 22-sentyabridan efirga uzatila boshladi.

Hayot-mamot
Turi sarguzashtlar, drama, mistika
Muallif(lar) Jeffrey Lieber
J.J. Abrams
Damon Lindelof
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Qismlar soni 121
Qism davomiyligi 42-43 daqiqa
Efirga uzatilishi
Translyatsiya davri 2004-yil 22-sentyabr2010-yil 23-may

Bir faslda oʻrtacha 23-24 boʻlim boʻlsada, 2008-yilgi 4-faslda faqatgina 13-boʻlim suratga olingan. Hayot-mamot ilk marta televizorda koʻrsatilgandan boshlab bu kungacha eng yaxshi va eng koʻp inson tarafidan koʻrilayotgan seriallardan biridir. Asosiy voqealar 22-sentyabr 2004-yilda kuni Sidneydan Los-Anjelesga uchayotgan, OCEANIC havo yoʻllariga tegishli 815-reysdagi samolyotning bir orol yoniga qulab tishishi va yoʻlovchilarning bir qismi tirik qolishi bilan boshlanadi. Tirik qolgan yoʻlovchilar orolda oʻzlarini tez orada kimlardir topishiga va yordam kelishiga umid qilib 3 kun oʻtkazishadi va suvlari tugay degan vaqtda hayotda doktor boʻlgan Jack Shephard oroldagi oʻrmon-chakalakzor ichida bir gʻor va uni yonida esa ichishga yaroqli suv topadi. Ular 3 kunda ham yordam kelmagandan keyin oʻzlarini hali beri bu oroldan qutulmasliklari mumkinligini tushunib yetishadi va bir oila kabi bir-birlariga yordam berib yashashga ahd qilishadi. Bu yerda Jack Shephardning „If we donʼt live together, weʼre gonna die alone“ yani „Agar birgalikda (toʻda boʻlib) yashamasak, yolgʻizlikda oʻlib ketamiz“ degan soʻzi koʻp insonga taʼsir qiladi. Mazkur serialda bosh rollarni Matthew Fox, Evangeline Lilly, Josh Holloway, Naveen Andreews, Terry Oʻquinn, Michell Rodriguez kabi taniqli aktyorlar ijro etishgan.

Havolalar

tahrir