Lotus Group (Xitoyda Lotus NYO nomi bilan ham tanilga[3]n) Britaniyaning xalqaro avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlib, asosan lyuks sport avtomobillari va elektr transport vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Lotus Group
Fayl:Lotus Cars logo.svg
Turi Ochiq Aksiyadorlik Kompaniyasi
Tarmogʻi Avtomobil sanoati
Egasi Geely Holding (51%)
Etika Automotive (49%)
Qachon asos solingan 1948 (76 yil avval) (1948)
Hududiy xizmati Global
Asoschi(lari) Colin Chapman
Rahbariyat
  • Qingfeng Feng (CEO)
  • Alexious Lee (CFO)
  • Mike Johnstone (CCO)
Mahsulot(lar)i Avtomobillar
Aylanma daromadi $679 million[1]
Ishchilar soni 1,385 (2021)[2]
Vebsayti lotuscars.com

Lotus Group uchta asosiy kompaniyadan tashkil topgan: Lotus Cars (Hethel, Norfolkda joylashgan yuqori unumli sport avtomobillari kompaniyasi), Lotus Tech (Uhanda joylashgan elektr avtomobillari kompaniyasi)[4] va Lotus Engineering (Warvik universitetining Wellesbourne kampusidagi Lotus Advanced Technology Centreʼda joylashgan muhandislik konsalting firmasi)[5].

Lotusning asoschisi va unga uzoq vaqt egalik qilgan shaxs Colin Chapman boʻlgan. Uning vafotidan soʻng, kompaniya bir qator moliyaviy muammolardan soʻng birinchi General Motors, keyin Romano Artioli va keyinchalik Proton tomonidan sotib olindi. Hozirda Lotusning aksariyat qismini Xitoyning Geely kompaniyasi boshqaradi[6].

Lotus ilgari Formula 1 musobaqalarida faol ishtirok etgan. Team Lotus 7 marta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. Lotus Seven, Elan, Esprit va Elise kabi mashinalar kompaniyaning mashhur modellaridan hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Dastlabki yillar

tahrir

Lotus kompaniyasi 1952-yilda Colin Chapman tomonidan Lotus Engineering Ltd. nomi bilan tashkil etilgan, biroq uning ildizlari 1948-yilga borib taqaladi. Chapman oʻzining birinchi avtomobilini garajda yasagan[7]. Logodagi toʻrtta harf Chapmanning toʻliq ismi – Anthony Colin Bruce Chapmanni anglatadi. Logotip yaratilganda, Chapmanning dastlabki hamkorlari Michael va Nigel Allenlarga logodagi harflar Colin Chapman va Allen Brothersni anglatishi aytgan[3].

Kompaniyaning birinchi zavodi Shimoliy Londondagi Railway Hotel ortidagi eski otxonada joylashgan. 1954-yilda Lotus Engineeringdan ajralib chiqqan Team Lotus, 1958-yildan 1994-yilgacha Formula 1 musobaqalarida faol ishtirok etgan. 1959-yilda Lotus Group of Companies tashkil etiladi va bu kompaniya Lotus Cars Limited va Lotus Components Limiteddan iborat boʻlgan. Lotus Components Limited 1971-yilda Lotus Racing Limited nomiga oʻzgartirildi, biroq qayta nomlangan tashkilot oʻsha yilning oʻzida faoliyatini toʻxtatdi[8].

1959-yilda kompaniya Cheshuntda maxsus qurilgan zavodga koʻchdi[9] va 1966-yildan beri u Hethel, Norfolkdagi zamonaviy zavod va sinov maydonchasida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu joy Ikkinchi Jahon urushi paytidagi sobiq harbiy aerodrom RAF Hethel boʻlib, sinov yoʻlagi eski uchish-qoʻnish yoʻlagi edi.

Dastlabki yillarda Lotus avtomobillari xususiy poygachilar va sinovchilar uchun moʻljallangan edi. Dastlabki avtomobillar soliqni tejash maqsadida qismlarga ajratilgan holda sotib olinishi mumkin edi. Avtomobil qismlari davri 1960-yillar oxiri va 1970-yillar boshlarida tugagan. Lotus Elan Plus Two qismlarga ajratilgan holda taklif qilinmagan birinchi Lotus yoʻl avtomobili boʻldi. Lotus Eclat va Lotus Elite modellari 1970-yillarning oʻrtalarida faqat zavodda yigʻilgan versiyalar shaklida taqdim etildi.

1950-yillardagi Lotus Elite modelidan soʻng asosiy qismlar oʻrnatiladigan poʻlat tayanch nuqtalari bilan jihozlangan. Lotus Elite toʻliq shishali tola monokok konstruktsiyaga ega boʻlgan. Lotus 1960-yillarda Lotus Elan modeli bilan ham tanqidiy, ham savdo jihatidan muvaffaqiyatga erishdi. Bu ikki oʻrinli avtomobil keyinchalik Elan +2S shaklida ishlab chiqildi. Lotus shishali tola korpuslari, orqa oʻq shassisi va yuqori valfli dvigatellari bilan mashhur edi. Dastlab dvigatellar Coventry Climax shirkati tomonidan yetkazib berilgan. Keyinchalik esa Lotus-Ford birliklari (Ford bloki, Lotus bosh qismi va ikki marta valf uzatish mexanizmi) bilan almashtirilgan. Lotus Ford bilan birga sport sedan Lotus Cortina ustida ham ishlagan va muvaffaqiyatga erishgan.

1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida ishlab chiqarilgan yana bir Lotus modeli ikki oʻrinli Lotus Europa boʻlgan. Dastlab faqat Yevropa bozori uchun moʻljallangan. Bu model orqa oʻqli shassi va yengil korpus bilan jihozlangan boʻlib, uning Renault dvigateli oʻrtada joylashgan edi. Keyinchalik bu model Lotus-Ford ning ikki kameralik dvigateliga yangilandi, bu dvigatel Elan modelida ham ishlatilgan.

Lotus Seven, 1950-yillarda paydo boʻlgan oddiy va yengil ochiq ikki oʻrinli avtomobil edi. Ushbu avtomobil 1970-yillarning boshlarigacha ishlab chiqarilgan. Keyinchalik Lotus Seven huquqlarini Caterham kompaniyasiga sotadi va ushbu avtomobilni Caterham hozirgacha ishlab chiqarishda davom etmoqda.

1970-yillarning oʻrtalariga kelib, Lotus yuqori darajadagi bozorlarga Elite va Eclat modellari bilan chiqdi. Toʻrt oʻrinli ushbu avtomobillar badavlat xaridorlarga moʻljallangan boʻlib, ular havo konditsioneri va avtomatik uzatmalar qutisi kabi xususiyatlarga ega edi. Oʻrta joylashgan dvigatelli liniya Lotus Esprit bilan davom etdi. Bu model kompaniyaning eng uzoq umr koʻrgan va eng afsonaviy modellaridan biriga aylandi. Lotus oʻzining toʻrt silindrli DOHC dvigatellar seriyasini ishlab chiqdi. Ular Lotus 900 seriyasi deb nomlandi, keyinchalik esa V8 va turbocharged versiyalari Esprit modelida paydo boʻldi.

900-seriyadagi dvigatel variantlari Jensen Healey sport avtomobili va Sunbeam Lotus „hot hatchback“ avtomobili uchun ham yetkazib berildi. 1980-yillarda Lotus Vauxhall Motors bilan hamkorlikda Lotus Carlton modelini ishlab chiqdi. Bu avtomobil Vauxhall tarixidagi eng tez yoʻl avtomobili boʻldi.

Manbalar

tahrir
  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named lotus2023
  2. Lotus Cars Ltd. Annual Report and Financial Statements for the year ended 31 December 2021. 
  3. 3,0 3,1 „Why Lotus has a different name in China“ (en-us). All cars news (2023-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 4-oktyabr.
  4. „About Lotus - Lotus Cars Media Site“. media.lotuscars.com. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  5. „The Lotus Advanced Technology Centre at Wellesbourne“. warwick.ac.uk. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
  6. „Lotus sold to Geely, Syed Mokhtar's Etika for £100m“. The Edge Malaysia. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  7. „Lotus Heritage“. lotuscars.com. 2018-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  8. Golden Gate Lotus Club (Wayback Machine saytida 1 June 2019 sanasida arxivlangan) Retrieved 1 May 2008
  9. Lotus cars Cheshunt (Wayback Machine saytida 1 January 2008 sanasida arxivlangan). Retrieved 26 December 2007.