Anne Peichert (fransuzcha talaffuzi: ​[an peʃɛʁ]; 1996-yil 26-noyabrda tugʻilgan) – Louane Emera ([lwan emɛʁa]) yoki oddiygina Louane nomi bilan tanilgan, fransuz qo‘shiqchisi va aktrisasi. Fransiyada u 2013-yilgi „The Voice: la plus belle voix“ loyihasida yarim finalchi boʻlganidan keyin tanildi. 2014-yilda „La Famille Bélier“ filmidagi roli bilan xalqaro miqyosda ham tanildi. Bu filmdagi roli uchun u „Eng istiqbolli aktrisa“ uchun César mukofotini qoʻlga kiritdi. U 2022-yilda Fransiyaning „Beyond Signs (Visions)“ serialida bosh rolni ijro etadi.

Louane

Louane 2017-yilgi Kann kinoestivalida
Tavalludi
Anne Peichert

26-noyabr 1996-yil (1996-11-26) (28 yosh)
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
  • aktrisa
Faoliyat yillari 2012–hozirgi kungacha
Bolalari 1
Veb-sayt louaneofficiel.com

Hayoti

tahrir

Anne Peichert toʻrtta singlisi va yagona ukasi Bach bilan Fransiyaning Pas-de-Calais departamentida katta boʻldi[1]. Louanening otasi Jean-Pierre Peichert fransuz boʻlib, polyak ona va nemis otaning farzandi edi. Uning onasi Isabel Pinto dos Santos esa portugaliyalik boʻlib, uning otasi portugal va onasi braziliyalik boʻlgan[2].

2008-yilda u Direct 8 kanalida efirga uzatilgan „L’École des stars“ nomli fransuz musiqa tanlovida ishtirok etdi[3].

Sakkiz yoshida DEGS kasalligi tashxisi qoʻyilgan Louane ota-onasi koʻpincha giperaktivligi uchun uni jazolashga majbur boʻlganini, lekin u ulardan intizom haqida koʻp narsani oʻrganganini hamda ular har doim unga mehr bilan munosabatda boʻlganini aytib oʻtdi[4][5].

Louane oʻsmirlik davrida ham otasidan, ham onasidan ayrildi. Uning „The Voice“ loyihasida ijro etgan „Imagine“ qoʻshigʻi atigi uch oy oldin vafot etgan otasiga bagʻishlandi. Uning onasi 2014-yilda uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etdi[6][7].

Karyerasi

tahrir

Musiqiy karyerasi

tahrir
 
Louane 2017-yilda.

2013-yilda uning birinchi haqiqiy yutugʻi „The Voice: la plus belle voix“ loyihasining ikkinchi mavsumida ishtirok etishi bilan keldi. U sahnada William Shellerning „Un homme heureux“ qoʻshigʻini kuyladi va ijro toʻrt murabbiy Florent Pagny, Jenifer, Lui Bertignac va Garoularning barchasiga maʼqul keldi. Uning „blind audition“ epizodi 2013-yil 16-fevralda efirga uzatildi.

2013-yil 23-mart kuni Musiqiy janglar raundida u Natali Imbruglianing „Torn“ qoʻshigʻini ijro etgani soʻng, u Diana Espirga qarshi raqib sifatida tanlandi. Jonli ijrolar davomida u Michel Legrandning „Les moulins de mon cœur“ qoʻshigʻini kuyladi va ovoz berish natijalari orqali tanlovdagi ishtirokini davom ettiradigan boʻldi. Tanlov davomida u 2013-yil 27-aprelda Carly Rae Jepsenning „Call Me Maybe“ qoʻshigʻini ijro etdi. Louanening vafot etgan otasiga bagʻishlangan „Imagine“ qoʻshigʻi bilan u yana ovoz berish orqali tanlovda qoldi. Ammo uning tanlovdagi faoliyati Karla Brunining „Quelqu’un m’a dit“ qoʻshigʻini ijro etganidan keyin yarim final bosqichida yakunlandi. U bu bosqichda jami 74 ball toʻpladi, boshqa bir yarim finalchisi Lois esa 76 ball toʻplagan edi. Shunga koʻra, Louane 5-8-oʻrinlarni egallab, magʻlub boʻldi.

2015-yil 5-fevralda u Parijda Jessie J koʻrgazmasining ochilish marosimida xizmat qildi.

Uning debyut studiyaviy albomi „Chambre 12“ 2015-yil 2-martda taqdim etildi va katta muvaffaqiyatga erishdi[8]. Uning „Avenir“ singli ham Fransiya chartlarida birinchi oʻrinni egalladi.

2017-yilda u „The Chainsmokers“ guruhi bilan birgalikda ularning „Memories…Do Not Open“ nomli debyut albomidan joy olgan „It Wonʼt Kill Ya“ qoʻshigʻini kuyladi.

2021-yil 1-sentabrda Pokémon 25 kompaniyasi „Game Boy“ oʻyin konsoli uchun „Game Girl“ qoʻshigʻini kuyladi.

Aktrisalik karyerasi

tahrir
 
Louane va rejissyor Erik Lartigau 2014-yilda „La Famille Bélier“ filmi uchun uyushtirilgan tadbirda

„The Voice“ loyihasidagi chiqishlaridan soʻng, Éric Lartigau uning mahoratini payqadi va uni oʻzining „La Famille Bélier“ filmiga taklif qildi[9]. Filmda u karlar oilasida yagona eshitadigan inson, Paula rolini oʻynadi. Qahramon filmda Michel Sardouning bir qator qoʻshiqlarini, xususan, „Je vole“ taronasini kuylaydi[10]. Bu filmdagi ijrosi uchun u „Eng istiqbolli aktrisa“ nominatsiyasida César mukofotini qoʻlga kiritdi[11].

U oʻsha yili Kann kinofestivalida premyerasi boʻlgan „TF1 2022“ nomli fransuz teleserialida bolalar psixologi rolini oʻynadi[12][13]. Akim Isker rejissyori boʻlgan serialda, shuningdek, Soufiane Guerrab, Jean-Hugues Anglade va Julien Boisselier ham bosh rollarni rollarini ijro etdi[14]. Serial voqealari bedarak yoʻqolgan bola hamda gʻalati hodisalarning govohiga aylanayotgan boshqa bir yosh bola bilan kechgan tergov jarayonlariga qaratilgan[15].

Shaxsiy hayoti

tahrir

2017 va 2018-yillar oraligʻida Louane DJ Kungs bilan ishqiy munosabatlarda boʻlgani xabar qilindi, ammo ular buni rasman tasdiqlashdan bosh tortdi[16].

2018-yilning yozidan boshlab u musiqachi Florian Rossi bilan munosabatda boʻldi[17]. 2019-yil noyabr oyida Public jurnali Louane va Florian Rossi farzand kutayotganligini xabar qildi[18]. 2020-yil mart oyining oxirida u qiz farzandni dunyoga keltirdi va unga Esmée deb ism qoʻyishdi[19]. Instagram sahifasidagi jonli efirida Louane oʻz farzandining yuzini oshkor qilishni istamasligini aytdi, chunki u qizining hayoti oʻz hayotidan farq qilishini va birinchi navbatda uning shaxsiy daxlsizligini taʼminlashni xohlar edi[20].

Mukofotlari

tahrir
Yil Mukofot Yoʻnalish Nominant Natija
2015-yil Lumière Awards Eng yaxshi yosh aktrisa La Famille Bélier Yutuq
César Awards Eng istiqbolli aktrisa Yutuq

Filmografiyasi

tahrir
 
Louane 2015-yildagi César mukofoti topshirish marosimida.

Filmlari

tahrir
Yil Film Rol Izoh
2014-yil La Famille Bélier Paula Bélier César va Lumières mukofotlarini qoʻlga kiritgan
2016-yil Trollar Poppy Fransuzcha dublyajida ovoz bergan
2017-yil Sahara Eva
2017-yil Nos patriotes Marie
2018-yil Les Affamés Zoé
2018-yil Super oila 2 Violet Parr Fransuzcha dublyajida ovoz bergan
2023-yil Marie-Line et son juge Marie-Line

Televizion loyihalari

tahrir

Badiiy loyihalari

tahrir
  • 2022: Visions, as Sarah Sauvant

Tok-shoulari

tahrir
Yil Shou
2014 On nʼest pas couché
Le Grand Cabaret sur son 31
2015 Hier encore
Le Grand Journal
Du côté de chez Dave
Touche pas à mon poste!

Tanlovlari

tahrir
Yil Tanlov Izoh
2008-yil L'École des stars
2013-yil The Voice 2-mavsum yarim finalchisi

Diskografiyasi

tahrir
  • Chambre 12 (2015)
  • Louane (2017)
  • Joie de vivre (2020)
  • Joie de vivre (en couleurs) (2021)
  • Sentiments (2022)
  • Sentiments Heureux (2023)

Manbalar

tahrir
  1. „Louane Emera, de The Voice à La famille Bélier“ (fr). Europe 1 (2014-yil 16-dekabr).
  2. „Louane: Chambre 12, l'adolescence douloureuse“ (fr). Gala (2015-yil 2-mart).
  3. Assma Maad. „Louane Emera, la voix émouvante de "La Famille Bélier"“ (fr). lefigaro.fr. Le Figaro (2014-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
  4. Louane sur NRJ
  5. „"J'étais une gamine hyperactive et turbulente"“ (fr). 20min.ch (2015-yil 12-fevral). Qaraldi: 2017-yil 20-mart.
  6. Capucine Trollion. „5 choses à savoir sur Louane Emera : de The Voice aux Césars“ (fr). elle.fr. Elle (2015-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
  7. Claire Courbet. „Louane Emera passera l'épreuve de langue des signes au bac“ (fr). lefigaro.fr. Le Figaro (2015-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
  8. „Rafraîchissante Louane“ (fr). leparisien.fr. Le Parisien (2015-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
  9. Maguelone Bonnaud and Alain Grasset. „Louane, le joyau de " The Voice "“ (fr). leparisien.fr. Le Parisien (2014-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
  10. Emmanuel Marolle. „" Je vole " plane sur les ventes“ (fr). leparisien.fr. Le Parisien (2015-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
  11. Fabien Morin. „Louane Emera : de The Voice aux César“ (fr). lefigaro.fr. Le Figaro (2015-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 28-yanvar.
  12. „Beyond Signs“ (fr). CANNESERIES. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
  13. „VISIONS: Special screening at Canneseries 2022 – eric neveux“. eric neveux – composer (2022-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 18-may.
  14. Visions IMDbda
  15. Morris, Anthony „When a child goes missing, the police are forced to look 'Beyond Signs'“. SBS What's On (2023-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-may.
  16. „Louane et Kungs toujours en couple ? On a la réponse...“ (fr-FR). Public. Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.
  17. https://www.potins.net/people-stars/louane-cest-lamour-fou-avec-son-cheri-351380.html
  18. „Louane enceinte de son premier enfant ?“. Qaraldi: 4-noyabr 2019-yil.
  19. „Louane maman pour la première fois : elle révèle le prénom de son bébé en photo“ (fr). www.purepeople.com. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
  20. „Louane Live Instagram 9.06.2020“ (fr). Qaraldi: 9-iyun 2020-yil.

Havolalar

tahrir