Louis XVI
Lyudovik XVI (fransuzcha: Louis XVI; 1754-yil 23-avgust, Versal — 1793-yil 21-yanvar, Parij) — qirol (1774—1792-yillar). Burbonlar sulolasidan. Buyuk Fransuz inkilobi boshlangach, xorijiy davlatlarni Fransiyaga qarshi qurolli yurish boshlashga undagan. Xalq qoʻzgʻoloni natijasida taxtdan agʻdarilgan (1792-yil 10-avgust) Aksil inqilobiy faoliyati uchun Konvent tomonidan sud qilinib, oʻlimga hukm etilgan; qatl qilingan.

Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |