Bu Shveytsariyaning Lozanna shahridagi muzey boʻlib,u yerda Olimpiya o'yinlari haqidagi doimiy va vaqtinchalik koʻrgazmalar joylashgan.Koʻrgazmada 10 000 dan ortiq ashyolar mavjud boʻlib,muzey dunyodagi eng katta Olimpiada arxivi sifatida koʻrsatilgan.Bundan tashqari,muzey Lozanna shahriga sayyohlarni jalb qiluvchi muhim markaz hisoblanadi.Har yili Olimpiya muzeyiga 250 ming kishi tashrif buyuradi.Muzey 1993-yil 23-iyunda tashkil etilgan va 1995-yilda Yevropaning eng yaxshi muzeyi sifatida tanlangan.

Olimpiya muzeyi, Lozanna
Olimpiya yodgorligi

Manbalar

tahrir