Luanshya — Zambiyaning markaziy qismidagi shahar. Aholisi 146 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transkontinental shossedagi muhim transport punkti. Shahar yonidan magistral temir yoʻl oʻtgan. Mis qazib olinadigan va eritiladigan rayon markazi. Elektr simlari, kabel, shpatlar, mis va alyuminiydan turli buyumlar ishlab chiqariladi; oziqovqat, taxta tilish korxonalari, texnologiya instituti bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil